Ramazon oyida juda katta tarixiy voqealar sodir bo‘lgan. Bu voqealar Islom dinining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatadi. Bu o‘rinda o‘sha muhim voqealarning ba’zilarini sanab o‘tmoqchimiz:
Manbalar asosida
Munira ABUBAKIROVA
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi
16 may kuni “Haj – 2025” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari Makkai mukarramaga zamonaviy avtobuslarda yetib keldi. Ularni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, mamlakatimizning Saudiyadagi Attashesi va ishchi guruhi tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.
Hamyurtlarimiz muhtasham “Al-Ayam Elite” va "Romance room" mehmonxonalariga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib ikrom qilindi.
Mana shunday iltifotlardan ko‘ngillari ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz Alloh taologa cheksiz shukronalar aytib, ularga bo‘lgan katta e’tiborni nafaqat mamlakatimizda, balki olis Makka shahrida ham chin dildan his etishdi.
Zamonaviy mehmonxonada xonalari tayin bo‘lgan ziyoratchilarimiz bu yerga diyorimizdan ularga xizmat ko‘rsatish uchun birmuncha oldinroq yetib kelib, mohir oshpazlarimiz pishirgan lazzatli taomlaridan bahramand bo‘ldilar.
Tamattu’ hajini niyat qilgan ziyoratchilarimiz umra amalini ado etmoqdalar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati