Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

Ramazon oyida bo‘lgan tarixiy voqealar

16.05.2019   41704   2 min.
Ramazon oyida bo‘lgan tarixiy voqealar

Ramazon oyida juda katta tarixiy voqealar sodir bo‘lgan.  Bu voqealar Islom dinining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatadi. Bu o‘rinda o‘sha muhim voqealarning ba’zilarini sanab o‘tmoqchimiz:

  • Milodiy 610 yili, hazrati Muhammad sollallohu alayhi va sallamga qirq yoshlarida Ramazonning Qadr kechasida Makka yaqinidagi Hiro g‘orida ilk vahiy – Qur’oni karimning Alaq surasidan dastlabki besh oyat nozil bo‘ldi.
  • Ramazon sharifda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga mab’us (payg‘ambarlik) maqomi berildi.
  • Buyuk Badr g‘azoti. Bu g‘azot Islomda “furqon”, ya’ni, “Haq bilan botilni ayirguvchi” deb nomlanadi. Bu urush musulmonlarning ustunligi bilan hijratning ikkinchi yili 17-ramazon, juma kunida sodir bo‘lgan. Islomning ashaddiy dushmani bo‘lgan Abu Jahl shu urushda halok bo‘lgan.
  • Hijriy 2 yili Ramazon ro‘zasini tutish va zakot berish farz qilindi.
  • Makka fathi. Hijratning sakkizinchi yili Ramazon oyining 10-kuni Makka ozod etildi. Butparastlikka chek qo‘yildi. Ka’badagi butlarning barchasi yer bilan yakson etildi.
  • Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to Ramazon oyi tugagunigacha kechalari hazrati Jabroil alayhissalom bilan uchrashib, Qur’oni karimni tilovat qilib berar, shu tarzda o‘zlarini imtihon qildirar edilar.
  • Hijratning to‘qqizinchi yili Ramazon oyida Tabuk g‘azotining bir qismi bo‘lib o‘tdi.
  • Hijratning to‘qqizinchi yili Ramazon oyida Toifdagi Soqif qabilasi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib Islomga kirganini e’lon qildi.
  • Hijratning o‘ninchi yili Ramazon oyida Yamanga Islom keng ko‘lamda kirib keldi.
  • Ispaniyaning fathi. Hijratning to‘qson ikkinchi yili Ramazon oyining 28-kuni (milodiy 711 yili iyul oyining 19 kuni) Toriq ibn Ziyod rahbarligidagi shiddatli urushda kofirlar rahbari bo‘lgan Ruzrik ustidan g‘alaba qozonildi. So‘ngra Kurtaba, G‘urnata va Ispaniyaning poytaxti bo‘lgan Tulaytiliya fath etildi.

Manbalar asosida

Munira ABUBAKIROVA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi

Ramazon-2019
Boshqa maqolalar

Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi

29.05.2025   16207   1 min.
Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi

Hadis ilmi maktabi qoshidagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursida tahsil olgan 51-davra tinglovchilari uch oylik saboq olish mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunladilar.


Shu munosabat bilan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbirda Hadis ilmi maktabi mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, tinglovchilarga Qur’on tilovati va ilm yo‘lida lozim bo‘ladigan muhim tavsiyalarini berishdi.


Shuningdek, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti qoshidagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursining navbatdagi 57-davra mashg‘ulotlari ham yakunlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi