Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Juda ko‘p gunohim kechirilsin desangiz...

15.05.2019   4615   2 min.
Juda ko‘p gunohim kechirilsin desangiz...

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deb marhamat qildilar: “Kimki har bir (farz) namoz orqasidan Allohga 33 marta tasbeh, 33 marta hamd, 33 marta takbir aytib, yuzinchisida “Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku valahul hamdu vahuva alaa kulli shay’in Qodiyr” deb aytsa, gunohlari dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham kechiriladi”. Imom Molik, Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Tabaroniy rivoyat qilishgan.

Bu hadisga yaxshilab e’tibor beraylik! Gunohlarning ko‘pligi dengiz ko‘pigiga o‘xshatilmoqda. Ma’lumki, bu ko‘pik juda ko‘p bo‘lib, dengiz mavjlangani sari undagi ko‘pik miqdori ham oshib boradi. Hadisda ana shunday ko‘p miqdordagi gunohlar ham kechirilishi aytilmoqda.

Bandaning dengiz ko‘pigichalik ko‘plab gunohlari kechirilishi uchun u har bir farz namoz orqasidan Alloh taologa 33 marta tasbeh aytishi kerak. Tasbeh – Alloh taoloni pok deb yod etishdir. Ya’ni SUBHANALLOH deyishdir. Keyin 33 marta hamd aytishi lozim. Ya’ni ALHAMDULILLAH deyishi lozim. Undan so‘ng 33 marta takbir aytishi zarur. Ya’ni ALLOHU AKBAR deyishi kerak. Mana shu bilan sanoq to‘qson to‘qqizta bo‘ladi. Oxirida, ya’ni yuzinchisida LAA ILAAHA ILLALLOHU VAHDAHU LAA SHARIYKA LAHU LAHUL MULKU VA LAHUL HAMDU VAHUVA ALAA KULLI SHAY’IN QODIYR deb aytishi shart. Zikrlarni mana shu tarzda aytgan odamning ko‘plab gunohlari mag‘firat qilinadi.

Biz, O‘zbekiston musulmonlari namozlarimiz oxirida yuqoridagi zikrlarni hadisi sharifda ko‘rsatilgan tartibda va adadda aytishni odat qilganmiz. Namozni jamoat bilan o‘qigan kishi ham, yolg‘iz o‘zi o‘qigan kishi ham bu zikrlarni aytadi. Bularni aytishga ko‘p vaqt ketmaydi. Imkon qadar ushbu zikrlarni farz namozlardan keyin qoldirmay aytishga harakat qilaylik!  

Nozimjon Iminjonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Telefon ko‘z rakiga sabab bo‘ladi

21.07.2025   2136   1 min.
Telefon ko‘z rakiga sabab bo‘ladi

Ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassis doktor Malik Xolid aytadi: "Har kuni qorong‘i xonada yarim soat telefon ishlatgan odamning ko‘zlarida rak kasalligi kelib chiqishi kuzatilyapti. Ko‘z qizarib pardani o‘rab oladi, u pardani olib tashlash imkonsizligi uchun bu dard davosiz qolmoqda. Yetkazdim... Siz xam yaqinlaringizga albatta ulashing! Bu ishni xolis Allox uchun qiling!".