Turkiyaning Anqara shahri va tumanlari ma’muriyatlar tomonidan shahar mehmonlari uchun madaniy tadbirlar doirasida yirik iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Iftorlar har kuni shaharning 9 ta hududida 12 ming kishiga mo‘ljallab o‘tkazilmoqda.
«Islamosfera» nashrining yozishicha, madaniy tadbirlar doirasida islomiy qo‘shiqlar konsertlari ham tashkil etilmoqda.
Shahar bo‘ylab muhtodlarga ko‘mak ko‘rsatish tadbirlari ham o‘tkazilmoqda. Doimiy iftorlik chodirlaridan tashqari, nogironlar, yotib qolgan bemorlari bo‘lgan uylarga ham iftorlik yetkazish imkoniyati yaratilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.
Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.
Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.
Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan