Sayt test holatida ishlamoqda!
11 May, 2025   |   13 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:09
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:34
Xufton
21:01
Bismillah
11 May, 2025, 13 Zulqa`da, 1446

Sudays yangi lavozimga tayinlandi, Haj vaziriga esa qo'shimcha vazifa yuklandi

09.08.2023   1365   1 min.
Sudays yangi lavozimga tayinlandi, Haj vaziriga esa qo'shimcha vazifa yuklandi

2023 yil 8 avgust kuni Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi qoshida Masjidul harom va Masjidun Nabaviydagi diniy ishlar bo'yicha mustaqil apparat faoliyati yo'lga qo'yildi. Ushbu apparatga Shayx Abdurrahmon Sudays rahbar etib tayinlandi. Bu haqda "Saudiya xabarlari" internet nashri xabar berdi.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda Masjidul Harom va Masjidun Nabaviy ishlarini umumiy nazorat qilish bo'yicha Bosh boshqarma boshqaruv kengashi raisi etib tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori e'lon qilingan edi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohim, ne’matlaring va ofiyatda bardavom qil

07.05.2025   5018   1 min.
Allohim, ne’matlaring va ofiyatda bardavom qil

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Tong otganida:

اللهُمَّ إِنِّي أَصْبَحْتُ مِنْكَ فِي نِعْمَةٍ وَعَافِيَةٍ وَسِتْرٍ فَأتِمَّ نِعْمَتَكَ عَلَيَّ وَعَافِيَتَكَ وَسَتْرَكَ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ

"Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ’afiyatin va sitrin faatimma ni’mataka ’alayya va ’afiyataka va satroka fiddunya val axiroh", deb uch marta va kechqurun uch marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi", dedilar (Ibn Sunniy rivoyati). 

Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo‘lishimni mukammal qil.