2023 yil 8 avgust kuni Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi qoshida Masjidul harom va Masjidun Nabaviydagi diniy ishlar bo'yicha mustaqil apparat faoliyati yo'lga qo'yildi. Ushbu apparatga Shayx Abdurrahmon Sudays rahbar etib tayinlandi. Bu haqda "Saudiya xabarlari" internet nashri xabar berdi.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda Masjidul Harom va Masjidun Nabaviy ishlarini umumiy nazorat qilish bo'yicha Bosh boshqarma boshqaruv kengashi raisi etib tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori e'lon qilingan edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘minning ishi ajoyibdir. Uning hamma ishi o‘ziga yaxshilikdir. Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, boshqalarda unday emas. Agar unga xursand qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).