Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Termizda innovatsion kinoteatrda "Abu Iso Muhammad at-Termiziy" filmi namoyish etilmoqda

08.05.2019   2003   2 min.
Termizda innovatsion kinoteatrda

MAN avtomobiliga o‘rnatilgan mobil kinoteatr barcha mavsumga moslashtirilgan. Bu haqda O‘zA nashri xabar berdi.

Prezidentimiz joriy yilning 30 aprel – 1 may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “Cinema Servis" mas’uliyati cheklangan jamiyatining “Kinomobil” – O‘zbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi taqdimoti bilan tanishib, tegishli tavsiyalarni bergan edi. Shunga muvofiq Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan mazkur loyiha Termiz shahrida kino muxlislariga sifatli xizmat ko‘rsatishni boshladi.

MAN avtomobiliga o‘rnatilgan mobil kinoteatr barcha mavsumga moslashtirilib, isitish, ventilyatsiya, sovutish tizimi bilan jihozlangani ilk tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Innovatsion mobil kinoteatrni ishga tushirish uchun 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Bu vaqtda qurilma eniga 6 metrgacha kengayadi va 80 kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi.

– Ushbu loyihaning afzalligi tomoshabinlarga o‘zbek va jahon kinematografiyasining durdonalari va yangiliklari bilan raqamli 2D hamda 3D formatida tanishish imkoniyatini yaratadi, – deydi kinooperator A.Berdiyev. – Kelgusida vohaning olis va chekka hududlarida yashovchi aholi, ayniqsa, bolalar va o‘smir-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishga ko‘maklashmoqchimiz.

Mobil kinoteatrda “Ekrandagi kitob” (Ekranlashtirilgan badiiy asarlar) turkumida sevimli filmlarni ko‘rish, jahon va o‘zbek adabiyotining mumtoz va zamonaviy namoyandalari hayot yo‘li hamda asarlari bilan tanishish, ekranlashtirilgan badiiy asarlar namoyishi oldidan kitob va film mualliflari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishi mumkin.

Ayni paytda innovatsion kinoteatrning ilk mijozi bo‘lgan Termiz davlat universiteti talabalari uchun “Skorpion”, “Elparvar”, “Said va Saida” badiiy hamda “Abu Iso Muhammad at-Termiziy” hujjatli filmlari namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Dinshunoslik ekspertizasi va dinshunoslik ekspertiza xulosasi deganda nimalar nazarda tutiladi?

04.08.2025   361   1 min.
Dinshunoslik ekspertizasi va dinshunoslik ekspertiza xulosasi deganda nimalar nazarda tutiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

Matbuot xizmati