Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik qorilar Rossiya Federatsiyasining turli o‘lkalarida bo‘lib, muborak oy davomida tarovih namozi va xatmi Qur’onlarda ishtirok etadilar. Bugun 7 may kuni o‘zbekistonlik yana besh nafar qori Moskva shahriga yetib bordilar. Bugunning o‘zida qorilarimiz Moskva shahrida Rossiya musulmonlari jamiyati raisi, muftiy Albert hazrat Krganov qabulida bo‘ldilar. Muftiy hazrat o‘zbekistonlik diniy ulamolar, qorilar ko‘p yillardan buyon Rossiya musulmonlarining ixlosi, e’tirofiga sazovor bo‘lib kelayotgani, diniy idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samarali natijalar berib borayotganligi haqida so‘zlab berdi. O‘z navbatida qorilarimiz ham o‘zlariga bildirilayotgan ishonchni oqlab, Alloh qodir qilganicha bor bilimlarini berib, musulmonlarga islomiy ma’rifatni yetkazishda astoydil harakat qilishlarini bildirdilar.
Shundan so‘ng qorilarimiz o‘zlari taqsimot qilingan hududlarga yo‘l oldilar. Jumladan:
Xorijda faoliyatlarini davom ettirayotgan qorilarimiz haqida portalimiz orqali xabar berib boramiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi
Qachonki Alloh taolo: "Har bir nafs o‘limning mazasini totguvchidir" (Oli Imron surasi, 185-oyat) oyatini nozil qilganida, farishtalar: "Biz nafs emasmiz, balki biz pokiza ruhlarmiz", dedilar.
Shunda Alloh taolo: "Uning ustidagi (ya’ni yerdagi) barcha narsa halok bo‘lguvchidir" (Rahmon surasi, 26-oyat)ni nozil qildi.
Shunda farishtalar: "Biz yerda emas, balki osmondamiz", dedilar.
Shunda Alloh taolo: "Undan o‘zga har bir narsa halok bo‘lguvchidir. Hukm Uning O‘zigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz" (Qasas surasi, 88-oyat)ni nozil qildi.
Shunda farishtalar Robbilariga sajda qilib: "Faqat Uning O‘zi abadiydir", deb tasbih aytdilar.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV