Muhtaram Yurtboshimizning 2019 yil 24 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni bugungi dorulomon kunlarimizga munosib hissa qo‘shgan nuroniylarga ko‘rsatilayotgan yuksak g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Shu kunlarda joylarda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarining jasorati va matonati davlatimiz va xalqimiz tomonidan qadrlanib, ularga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda.
Muborak Ramazon oyi hamda Xotira va qadrlash kuni arafasida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri “Tegirmonboshi” jome masjidi imom-xatibi Nurbek Mamasoliyev 2-jahon urushi front orti qatnashuvchisi, 1925 yilda tug‘ilgan, Hamidulloh ota Bobomurodovning xonadonida bo‘ldi. Shuningdek, Bulung‘ur tumani “Niyozmat” jome masjidi imom noibi Azzamqul Begmatov “Niyozmat” mahallasida yashovchi, ikkinchi jahon urushi qatnashuvchisi O‘razali ota Pirmanovning xonadoniga yo‘qlab bordi. Jasorat egalarining jangoh xotiralari suhbatdoshlari qalbini to‘lqinlantirib yubordi. Bugungi osuda kunlarimizni qanchalik qadrlash, shukrona ila yashash haqidagi hayotiy o‘gitlari xotiralarga muhrlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati