Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2025   |   20 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2025, 20 Rajab, 1446

Qur’oniy ibratlar

7.05.2019   3038   2 min.
Qur’oniy ibratlar

Abu Usmon Nahdiy buyuk tobeinlardan bo‘lib, u kishidan: “Sizning nazdingizda Qur’ondagi eng umidbaxsh oyat qaysi?” deb so‘raldi. Shunda u zot: “Mening nazdimda bu ummat uchun Qur’ondagi eng umidbaxsh oyat Alloh taoloning “Boshqalar esa, gunohlarini e’tirof qildilar; ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir” degan oyatidir” deb javob berdilar. 

***** 

إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

“Albatta, Uning O‘zi o‘ta eshitguvchi, o‘ta bilguvchi zotdir” (Duxon surasi, 6-oyat).

U Zot sizning so‘zlaringizni, tavba-tazarrularingizni eshitadi, ahvolingizni, panohiga, himoyasiga muhtojligingizni biladi.

Sa’diy tafsiridan

***** 

Barcha sezgi a’zolari uxlaydi. Ta’m bilish, hid bilish, ko‘rish, ushlab ko‘rib sezish kabi sezgilar uxlaydi. Ammo quloq sezgisi uxlamaydi. Uxlayotgan odamga qo‘lingizni yaqinlashtirsangiz, sezmaydi, uyg‘onmaydi. Agar xonani xushbo‘y iforga yoki zaharli gazga to‘ldirsangiz, u nafas olib-olib, uyg‘onmasdan vafot etadi. Bordiyu uxlayotgan kishining oldida baland ovozda gapirsangiz, u uyg‘onib ketadi. Chunki quloq sezgisi uxlamaydi. Alloh taolo Qur’onda “As'hobi Kahf” qissasini zikr qilgan. G‘orga kirgan yigitlarni uzoq muddatga uxlatib qo‘ygan. Uxlatish jarayonini shunday bayon qilgan:

  فَضَرَبْنَا عَلَى آذَانِهِمْ فِي الْكَهْفِ سِنِينَ عَدَداً

“Bas, kahfda ularning quloqlariga bir necha yillar (parda) urdik”. (“Quloqqa parda urdi” degani, qulog‘ini eshitmaydigan qilib qo‘ydi, deganidir. Yigitlar qochib kelib g‘orga joylashganlarida Alloh taolo ularning quloqlarini eshitmaydigan qilib qo‘ygan, ya’ni, uxlatib qo‘ygan. Ya’ni, yigitlar g‘orda uzoq vaqt hech narsani eshitmay uxlab yotganlar.) (Kahf surasi, 11-oyat).

*****

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:

وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَاءِ مِن جِبَالٍ فِيهَا مِن بَرَدٍ فَيُصِيبُ بِهِ مَن يَشَاءُ وَيَصْرِفُهُ عَن مَّن يَشَاءُ يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِ يَذْهَبُ بِالْأَبْصَارِ

“U zot osmondan, undagi tog‘lardan do‘l tushirib, u bilan O‘zi xohlagan kishilarga musibat yetkazur va uni O‘zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmog‘ining yarqirashi ko‘zlarni ketkazgudek bo‘lur” (Nur surasi, 43-oyat).

Olimlar yaqinda aniqlashdi: chaqmoq faqat baland bulutlarning do‘l paydo bo‘ladigan bo‘ronli hududlarida sodir bo‘lar ekan. Bu ilmiy haqiqatni olimlar 2007 yilda e’lon qilishdi. Ammo Qur’oni Karim ushbu haqiqatni 14 asrdan beri yuqoridagi oyatda aytib keladi. 

***** 

“Qur’onning mo‘jizalari” sahifasidan

Nozimjon Iminjonov tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qur’on o‘qishda a’uzu va basmalani aytish

17.01.2025   7281   1 min.
Qur’on o‘qishda a’uzu va basmalani aytish

Savol: Qur’on o‘qiyotganda farzandlar shovqin qilib qolsa, ularga jim bo‘linglar deyiladi-da, keyin yana Qur’on tilovatida davom etib ketiladi. Shunda qayta a’uzu yoki bismillah aytiladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda "A’uzu billahi minash-shaytonir-rojiym"ni aytib tilovatni davom ettirish mustahabdir. Chunki Qur’on tilovati asnosida qiroatga aloqasi bo‘lmagan gaplarni gapirsa, qiroatni a’uzuni aytib davom ettiradi. Agar Qur’on qiroatiga aloqador gaplarni gapirgandan keyin qiroatni davom ettirsa, a’uzuni aytmasdan davom etaveradi. Bu ikki holatda ham "bismillah" aytilmaydi (“An-nashr fil qiroatil ashr” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar