Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2025   |   19 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:26
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2025, 19 Rajab, 1446

O‘zbekistonlik qorilar Rossiyada Xatmi Qur’on o‘tkazib beradilar

7.05.2019   2164   1 min.
O‘zbekistonlik qorilar Rossiyada Xatmi Qur’on o‘tkazib beradilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi o‘rtasida ko‘p yillardan beri diniy-ma’rifiy sohada hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Diniy boshqarmaning taklifiga binoan har yili o‘nlab qorilarimiz muborak Ramazon oyida Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida bo‘lib, masjidlarda xatmi Qur’onlar o‘tkazib kelmoqdalar. Bu yili ham 10 nafar hofizi Qur’onlar Rossiyaning Moskva va uning atrofidagi shaharlar, Xabarovsk, Sverlodsk, Stavropol kabi o‘lkalarda bo‘lib, muborak oy davomida musulmonlarga tarovih  namozlarida xatmi Qur’on o‘qib beradilar. Shuningdek, safar davomida qorilarimiz joylarda tashkil etiladigan diniy marosimlarda ishtirok etadilar. 

 Dastlab, Xabarovsk viloyatiga jo‘nab ketgan qorilarimiz – Toshkent viloyati “Nurul islom” jome masjidi imom-xatibi Oqiljon Is'hoqov va Toshkent shahar “Choshtepa” jome masjidi imom-xatibi Abdulhakim Xotamovlar 4 may kuni Uzoq Sharq musulmonlari diniy idorasi raxbariyati tomonidan kutib olinib, o‘zlari  uchun taqsimlangan masjidlarda xatmi Qur’onlarni boshlab yubordilar.

Xorijda faoliyatlarini davom ettirayotgan qorilarimiz haqida portalimiz orqali xabar berib boramiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Faqirlikdan qutulish uchun

17.01.2025   7970   1 min.
Faqirlikdan qutulish uchun

Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida

Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.

U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.

“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan