Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

“Rahmat oyi Ramazon” risolasi chop etildi

2.05.2019   2101   1 min.
“Rahmat oyi Ramazon” risolasi chop etildi

Muborak ramazon oyi kirib kelayotgan farahbaxsh pallada “Movarounnahr” nashriyoti ijodiy xodimlari yana bir savobli ishga qo‘l urdi. Nashriyot “Rahmat oyi Ramazon” risolasini o‘n ming adadda chop etdi.

Risolaga  so‘z boshi yozgan muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ro‘zaning asl mazmunini qisqa ifodada soddagina qilib tushuntirib o‘tganlar: “Har bir a’zoning o‘z ro‘zasi bor. Qalbning ro‘zasi Alloh taoloning zikridan to‘sadigan narsalarga berilishdan xoli bo‘lish; ko‘zning ro‘zasi yomon, qaytarilgan narsalarga qaramaslik; tilning ro‘zasi yolg‘on, g‘iybat, chaqimchilik, fahsh gaplar, xusumat, maqtanchoqlik, befoyda – lag‘v so‘zlardan tiyilib, Alloh taoloning zikri va Qur’on tilovati bilan mashg‘ul bo‘lish; quloqning ro‘zasi eshitish mumkin bo‘lmagan barcha narsalarni eshitmaslik; qo‘l va oyoqlarning ro‘zasi gunoh ishlarga borishdan va ularni qilishidan saqlanishdir”.

Demak, ana shu ishlarni joyiga keltirib bajara olgan odam ro‘zasini mukammal tutib, gunohlaridan forig‘ bo‘ladi hamda ko‘pdan-ko‘p savoblar topadi.

Risolada  ro‘zaning bircha jihatlari qamrab olingan va mavzular bo‘yicha yoritilgan.  Ro‘zaga oid oyati karimalar, hadisi shariflar bilan boshlangan risola ro‘zaning tibbiy foydalari bilan davom ettirilgan. Ro‘zaning farzlari, ro‘zani buzadigan, buzmaydigan hollar; ro‘zani qasdan buzishning kafforati, ro‘zadorga makruh amallar, ro‘za tutmaslikka uzrli hollar, uzrlilar; ro‘zador axloqi; Qadr kechasining fazilati, fitr sadaqasi, Hayit namozi, ro‘zaga doir fatvolar haqida atroflicha ma’lumotlar berilganidan so‘ng risola ro‘zaga doir savol-javoblar hamda ramazon ma’lumotnomasi bilan nihoyasiga yetkazilgan. 

Risola ro‘zasini chiroyli tutishni niyat qilib turgan mo‘min-musulmonlar uchun nihoyatda ajoyib qo‘llanma vazifasini o‘taydi, inshoalloh!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   336   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar