Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446

“Toshkent-Jakarta-Toshkent” yo‘nalishida ilk samolyot parvozi amalga oshirildi

2.05.2019   1849   1 min.
“Toshkent-Jakarta-Toshkent” yo‘nalishida ilk samolyot parvozi amalga oshirildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan “Toshkent-Jakarta-Toshkent” yo‘nalishida ilk samolyot parvozi amalga oshirildi.

Haftaning chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladigan mazkur qatnovni Transport vazirligi, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamkorlikda yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur qatnovdan har ikki davlat ham teng manfaatli bo‘lib, shu bois Jakartaning «Sukarno-Xatta» xalqaro aeroportida Toshkendan il parvoz bilan kelgan yo‘lovchilar tantanali kutib olindi.

Ayni vaqtda Jakartada ikki mamlakat rasmiy doiralari o‘rtasida turizm forumi bo‘lib o‘tmoqda. Maqsad esa O‘zbekiston sayyohlik imkoniyatini Indoneziyada keng targ‘ib qilish, shuningdek, xorijiy investorlarni jalb etish orqali O‘zbekistonni eng yirik ziyorat turizmi mamlakatlaridan biri sifatida namoyish etish.

Qayd etish joizki, ayni vaqtda mazkur davlatda O‘zbekistonni turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan qator yumushlar bajarilmoqda. Indoneziya markaziy telekanalari muxbirlari, indoneziyalik mashhur olimlar san’atkorlar va ko‘p sonli blogerlarga O‘zbekistonga info turlari tashkil etilmoqda. Natijada Indoneziyadan yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni yil sayin ko‘paymoqda. Misol uchun, joriy yilda 2018 yilning shu davriga nisbatan 35 foiz ko‘p sayyoh keldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sajdadan keyingi rakatga turayotganda o‘tirish sunnatmi?

6.01.2025   1838   1 min.
Sajdadan keyingi rakatga turayotganda o‘tirish sunnatmi?

Savol: Birinchi rakat tugab, sajdadan ikkinchi rakatga turayotganda bir-ikki soniya o‘tirib, keyin turish sunnat deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Buni fiqhiy kitoblarimizda "Jalsai istiroha" ya’ni, "orom olib o‘tirish" deb nomlanadi. Bundan birinchi va uchinchi rakatlar oxirida sajdadan keyin qiyomga turishdan oldin bir oz o‘tirib olish tushuniladi va bu amal hanafiy mazhabida makruh amal sanaladi ("Al-Lubob sharhul kitob").
Abu Hurayra roziyallohu anhudan Payg‘ambarimiz alayhissalom namozda bevosita qadamlarining old qismiga tayangan holllarida (ya’ni, yerga suyanmay va o‘tirmagan holda) turishlari rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.