Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Dekabr, 2024   |   26 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:24
Bismillah
27 Dekabr, 2024, 26 Jumadul soni, 1446

Muqaddas dinimiz va ilm-ma'rifat fidoyisi

7.08.2023   1966   19 min.
Muqaddas dinimiz va ilm-ma'rifat fidoyisi

 

Ulug' inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro' topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo'qotishlar bo'layapti. Qo'limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo'lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik”.

Shavkat MIRZIYoYeV,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Muqaddas Islom dini dunyoga yoyila boshlaganidanidan so'ng Yer yuzining turli burchaklaridan, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasidan bu sohada shunday ulug' allomalar etishib chiqdiki, ularning zahmatli izlanishlari tufayli  ma'naviy-ma'rifiy  sohalardagi uyg'onishlar insoniyat hayotini tubdan yangilab, ijobiy tomonga o'zgartirib yuborishga xizmat qildi. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Yer yuzida ulamolar xuddi eru suvning qorong'uligida yo'l topishga yordam beruvchi yo'lchi yulduzga o'xshaydi. Yulduzlar g'oyib bo'lganda yo'lovchilar adasha boshlaydilar”, degan so'zlari Usmonxon Temirxon o'g'li Alimov singari keng bilimli, insoniy fazilatlari yuksak ulamolarning jamiyat hayotidagi o'rni nechog'li beqiyos ekanini ko'rsatadi.

Usmonxon Alimov naqshbandiylik ta'limotini rivojlantirib, tariqat ahli vazifalari, podshohlar, amaldorlar bilan munosabat qoidalarini bayon qilgan holda ularni xalqqa yaqinlashtirish maqsadini ilgari surgan Saidahmad ibn Jaloliddin – Maxdumi A'zamning avlodlaridan edilar. Bir necha yillar davomida O'zbekiston musulmonlari idorasiga raislik qilgan muftiy Usmonxon  Alimovning hayot yo'li Muqaddas Qur'oni Karim va Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning sunnatlariga muvofiq kechgani barcha musulmonlar uchun ibrat namunasidir.

Islom dinining muqaddas kitobi “Qur'oni Karim” oyatlaridagi har bir so'z, ifoda, belgini nozik did bilan ilg'ab, uni xalqqa etkazib bera oladigan ulug' olimlar, ulamolar yo'lchi yulduzga o'xshaydi. Alixonto'ra Sog'uniy, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf yuz yillar chegarasidagi diniy bo'shliqlarni to'ldirib turgan bo'lsalar, ularning ishini davom ettirgan Usmonxon Alimovning hayoti va faoliyati yurtimizdagi keyingi yillardagi o'zgarishlarga, islohotlarga to'g'ri keladi. Shu davrda Islomning bosh kitobi Qur'oni Karim, balki Hadisi Sharif hamda fiqhga doir noyob asarlar o'zbek tiliga o'girilib, xalqimizga etkazib berilishi ommaviylik tusini oldi.

Usmonxon Alimov 1950 yilda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida  dunyoga keldi. Bu choqda diniy ilmlarga e'tibor berilmas edi. Boshqalarni qo'ya turing, hatto millatdoshlarimizning aksriyati  ham muqaddas dinimizga oid qarashlarni mavhum cho'pchaklardan o'zga narsa emas, degan nomaqbul qarashlarda din peshvolariga bepisand muomala-munosabat qilish hollari ham bot-bot uchrab turardi. Shu sababli, bo'lg'usi ulamoning yuksak iqboli haqida u kezlarda so'z ochish mushkul edi. Ammo oila muhiti, to'g'ri olib borilgan ta'lim-tarbiya bolalik kezlaridayoq Usmonxon Alimovning ongida haq va nohaqlik, adolat va adolatsizlik, halol va harom tushunchalarini bir-biridan ajratib olishga o'rgatdi. Tabiatidagi halimlik uning ilmga chanqoqligini aks ettirib turgandek bo'lardi.

Markaziy Osiyoning azaldan diniy savod chiqarish markazi sifatida yurtimizdagi ayrim hududlarda yashirin tashkil qilingan hujralar o'sha kezlarda pinhona ishlardi. Qirg'iziston, Qozog'iston va Rossiyadan toliblar kelib saboq olishardi. Usmonxon Alimov esa bunaqa joylarda emas, Buxoro shahridagi mashhur Mir Arab madrasasiga borib o'qishni orzu qilardi. 500 yillik tarixga ega Mir Arab madrasasining nafaqat sharq islom ma'naviyati, balki butun jahon ilm-ma'rifatiga qo'shgan ulkan hissasini yaxshi bilgan Usmonxon Alimov orzusi ushalib, bu dargohda tahsil olish unga nasib etdi. Shahobiddin Marjoniy, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf,  Olloshukur Poshshozoda, Talgat Tojuddin, Ahmad Qodirov kabi Islom olami mo''tabar ulamolari ham mana shu madrasada ta'lim olishgan edi.

Mehri daryo, tevarak-atrofdagilarga muloyimlik bilan munosabatda bo'ladigan Usmonxon Alimov ilm egallash, odamlarni to'g'ri yo'lga boshlash masalalarida yoshlik kezlaridayoq qat'iyatli edi. U  mas'uliyatni teran his etar, hukmron mafkura siyosati tufayli xalqimiz uzilib qolgan muqaddas Islom dinining fazilatlarini tushuntirishda ilmning yuksak ahamiyatini teran anglardi. Allohning har bir kalomi o'sha zamondagi vaziyatning aynan ko'zgusi kabi uning qalbida aks-sado berardi. Ho'sh, shunday ekan, bunday ziyon, baxtsizlikdan chiqishning yo'li ham asrlar davomida ajdodlarimizning qon-qoniga singib ketgan shu muqaddas dinimizning o'zida emasmi? Ha, shunday, “Asr” surasining so'nggi 3-oyati “Magaram iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo'lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar (undoq emasdir)”, degan kalomning o'ziyoq ilmga chanqoq Usmonxon Alimovning qalbini yorishtirib yuborardi.  Inson ikki dunyoda badbaxt bo'lib qolmasligi uchun Allohga iymon keltirishi, solih amallar qilishi, Haq bilan bo'lishi, sabrga chaqirishi kerakligining mazmun-mohiyatida butun dunyo ilmu hikmati jo bo'lganini u bilib olgandi. Ha, muqaddas kalomning har bir so'zi, harfi, belgisi olamjahon ma'no-mazmun tashishini anglash uchun yana bilimini oshirmoq kerak. Shu maqsadda Usmonxon Alimov Mir Arab madrasasidan so'ng Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil oldi. O'z oldiga qo'ygan maqsadni sidqidil bilan bajarishga kirishib, Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida  imom noibi, keyinroq imom-xatib vazifalarida faoliyat yurita boshladi. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, yurtimizda din sofligini ta'minlash, uni niqob qilib o'z siyosiy nayranglarini o'tkazmoqchi bo'lgan g'ayriinsoniy kuchlarga qarshi ma'naviy kurash olib borish, turli firqalarga bo'linishdan asrash, sof islom ma'rifatini keng targ'ib etishda Usmonxon Alimov  jonbozlik ko'rsatdi.  

Islom dinining asl qadriyatlari, Muhammad al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Bahouddin Naqshband kabi ulug'larning ma'naviy boyliklarini qayta tiklashda beqiyos hissa qo'shgan, Islom ummati va o'z xalqiga ko'p xizmat qilgan ulamo Usmonxon xazrat Alimov o'z hayotini ateistik tuzum davrida quriy deb qolgan ma'naviy hayot idishlarini tirik mazmun bilan to'ldirish, yangi avlod imomlari, ulamolari va Qur'on hofizlarini tarbiyalashga bag'ishladi”.

Muftiy shayx  Ravil GAYNUTDIN,

Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi

va Rossiya muftiylar kengashining raisi,

Rossiya  Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi

Diniy birlashmalar bilan aloqalar Kengashi a'zosi 

Bu davrda butun dunyoda islomlashish to'lqini boshlangan edi. O'zbekiston ham bu jarayondan chetda qolmadi.  Masjidlar soni 80 tadan mustaqillik yillari boshida  8000 ga etdi. Asrlar davomidagi istibdod kishanlari parchalanib tushdi. Halqimizning azaliy qadriyatlari yana o'z o'zanlariga qaytdi. Diniy qadriyatlar tiklandi. “Qur'oni Karim”, Hadisi Sharifning o'zbek tilidagi nusxalari paydo bo'la boshladi. Aholining diniy saviyasi yuksalib borishi inobatga olinib, mufassal tafsirlar dunyo yuzini ko'rdi. Respublikamizning turli hududalarida joylashgan aziz-avliyolarning, buyuk zotlarning maqbaralari tiklanib, ta'mirlanib qadamjolarga aylantirala boshlandi. Bu, albatta, buyuk muhaddis Imom Buxoriy nomi bilan atalgan jome masjidi imom-xatibi zimmasiga, ayniqsa, yuksak mas'uliyat yuklar edi. Chunki, yurtimiz ozodlikka erishgach, dunyoga yuz ochdi. Jahonning turli mamlakatlaridan Imom Buxoriy xoku turobini ko'zga surish orzusidagi ming-minglab mo'min-musulmonlar ulug' muhaddis tavallud topgan zaminni o'z ko'zlari bilan ko'rish imkoniga ega bo'lgan edilar. Usmonxon Alimov  o'zini “Imom Buxoriyning xodimi” deb hisoblar va bunday sharafli nom bilan doimo faxrlanar edi. U muhaddislar sultoni bo'lmish buyuk bobomizning hayoti va ijodi to'g'risida yurtimizda birinchilardan bo'lib “Imom Buxoriy barakoti” asarini yozgan etuk ulamo edi.

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasining faxriy doktori Usmonxon Alimov 2012 yilda Islom olami uyushmasi ta'sis majlisining a'zosi hamda Butundunyo ulamolar kengashi a'zosi etib saylandi. Iordaniyaning Islomiy strategik tadqiqotlar markazi tomonidan e'lon qilinadigan “Jahonning eng nufuzli 500 musulmoni” ro'yxatidan munosib o'rin egaladi. Bunday dunyoviy e'tibor, e'tirof bejiz bo'lmay, u zot islomning barcha ilmlari sohasida tan olingan benazir olim edi. Uning qalamiga mansub “Tafsiri Irfon” asari Qur'oni Karim ma'nolarini ona tilimizda mahorat bilan aks ettirgan muhtasham durdonadir. Usmonxon Alimovning “Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni”, “Hazrati Imom”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Rasulullohning muborak vasiyatlari”, “Rasululloh mo''jizalari”, “Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “IX–XI asrlarda Samarqandda kalom ilmining rivojlanishi”, “Sunnat va hadis”, “Ilmning fazilati”, “Ehsonning fazilati” kabi asarlari bebaho durdonalardir. Ular xalqimiz ma'naviyati va ma'rifatini boyitishga beminnat xizmat qilib, yoshlarimizning ta'lim-tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. So'nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyov tomonidan olib borilgan islohotlardagi xalq manfaatlari tushunchasiga Islom dini maqsadlari hartomonlama mos ekanini tushuntirib, din peshvosi sifatida u kishi jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta'minlashga benazir ulush qo'shganini ham unutib bo'lmaydi.

Ma'lumki, xalq ulamolarning aytayotgan so'zlari-yu o'qiyotgan va'zlariga o'zlari qanday amal qilayotganliklari, o'zlarini qanday tutayotganliklari, odamlar bilan munosabatlariga qarab baho beradi. Jamiyatning ma'naviy-axloqiy mezonlari ular siymosida ko'zguda ko'rinayotgandek akslanadi. Usmonxon Alimov bu jihatdan ham barchaga ibrat namunasi, halimlik va beozorlik odobiga amal qilib qorong'i yo'llarni yorituvchi yulduzi yorug' ulamo edi. Imomi Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda payg'ambarimiz s.a.v shunday deganlar: “Halimlik qilgan kishi dunyo va oxiratda ulug' bo'ladi”. Oilada, farzandlar tarbiyasida, jamiyatdagi barcha insonlar bilan bo'ladigan kundalik munosabatda vazminlik va halimlikni o'zlariga odat qilgan Usmonxon Alimov ana shunday ulug'likka erishgan yuksak insoniy fazilatli inson edi. Samimiy, dono, taqvodor, kamtar va duogo'y olim edi. Og'ir, fitnali, munozarali vaziyatlarda ham bosiqlik va donolik bilan ish yuritar, adolat bilan qaror qabul qilardi. U kishi yurtimizning qaysi hududida bo'lmasin, masjidlarda namozxonlar bilan uchrashib, ular bilan diniy-ma'rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida dildan suhbatlar qura olardi. Odamlar ham o'zlarini qiynagan muammolarni bemalol u kishiga ayta olar edi. Oddiy odamlarning tashvishlarini o'z tashvishi kabi bilib ularni tinglay olish yuksak fazilat, ahli ilmning madaniyati darakchisi ekani u kishining hayotiy shiori edi.

“Muftiy hazratlari – Usmonxon Alimov juda mehribon, ayniqsa, ayollarning hurmatini joyiga qo'yadigan inson edilar. U kishi ustozlarning duolarini olishni odat qilgan edilar. Kechagidek esimda: 2006 yilning avgust oyida muftiylik vazifasiga tayinlanganlarida muftiy hazratlari Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Yusufxon Shokirov kabi ustozlarining xonadonlariga tashrif buyurib, duolarini olishni niyat qilgan ekanlar, - deb yozgandi bu bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimasi Maryamxon Abdullayeva. -  O'shanda bizning ota uyimizga ham kelgandilar. Shu kuni hazrat uzoq yillar davomida diniy idorada faoliyat yuritgan otamiz Abdulg'ani Abdullohni eslab haqlariga duo qildilar. Bu tashrif xotiramda mangulikka muhrlandi. Menga muftiy hazratlari bilan birga ishlab, duolarini olish baxti nasib qildi. Hazrat idorada barcha xodimlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo'lardilar. Biz u kishiga biror joyda duch kelib qolsak, bee'tibor o'tib ketmas, albatta, to'xtab: “Yaxshimisiz, oilangiz tinchmi, farzandlaringiz yaxshi yurishibdimi?” deb hol-ahvol so'rar va duo qilar edilar”.

2006 yildan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida faoliyat ko'rsatgan Usmonxon Alimov diniy-ma'rifiy sohalardagi islohotlarga etakchilik qilib, ziyoratgohlar barpo bo'lishiga, obidalar ta'mirlanishiga munosib hissa qo'shdi. Qoraqalpog'istonda  “Imom Eshon Muhammad” masjidi, Horazmda “Oxun bobo” masjidi, Toshkentda “Suzuk ota” masjidini katta majmua shaklida bunyod etilgani, Surxondaryoda Imom Termiziy, Qashqadaryoda Abu Muin Nasafiy majmualarining qayta qurildi. Termizda Imom Termiziy,  Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari; Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasida O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazlari ish boshladi. Yurtimiz hududlarida aqida, kalom, fiqh, tafsir va hadis maktablarining tashkil etilishi sharofati bilan diyorimizdan etishib Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi allomalar asarlarini jiddiy o'rganish imkoni yaratildi. O'zbekiston musulmonlari idorasida so'nggi yillarda amalga oshirilgan diniy sohadagi islohotlar, xususan, yangi madrasa va masjidlarning ochilishi, Qur'on o'qitish kurslarining tashkil qilinishi, Qur'oni karimning arab va o'zbek tillarida chop etilishi, idora qoshida axborot markazining tashkil etilishi, “Vaqf” xayriya jamoat fondining faoliyatini yo'lga qo'yish, musulmon mamlakatlari va xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarning mustahkamlanishi kabi xayrli ishlarda muftiy hazratning xizmatlari katta bo'ldi.

O'zbekiston Islom madaniyati va ma'rifatining dunyo nigohidagi markaziga aylandi. Halqaro anjumanlar, diniy tadbirlar tez-tez o'tkazib turiladigan bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi va bu muhim hujjat ko'plab mamlakatlar tomonidan qo'llab-quvvatlangani holda qabul qilindi. Islom ma'rifati sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatni dunyo ulamolariga etkazishda  Usmonxon Alimovning xizmatlari beqiyos bo'ldi. Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Irlandiya, Germaniya va boshqa davlatlar hamda diniy konfessiyalarning olimu ulamolari ishtirokida yurtimizda o'tkazilgan “Islom hamjihatligi: O'zbekiston-Ozarbayjon misolida” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida Usmonxon Alimov “Tinchlikni qadrlash – oliy fazilat” mavzuida nutq so'zlab, jumladan, shunday degan edi: “...insoniyat murakkab taraqqiyot jarayonini boshidan kechirayotgan hozirgi davrda, islom dinining turli xalqlar o'rtasida muloqot o'rnatish, ularni ma'naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashga, hamjihatlikka da'vat etishda beqiyos ahamiyat kasb etadi”.

Usmonxon Alimov obro'-e'tibori nafaqat O'zbekistonda, balki dunyo ulamolari nazdida ham ulug' edi.

Usmonxon Ho'ja bilan meni ko'p yillik do'stlik va qardoshlik rishtalari o'zaro bog'lab turar edi. U, Ozarbayjonning do'sti, mamlakatlarimiz o'rtasidagi an'anaviy do'stona munosabatlar tarafdori sifatida xalqimiz tomonidan tan olingan va chuqur qadrlanadigan shaxslardan biri edi. Islom ma'rifatchiligi da'vatini qo'llab- kuvvatlagan tashkilotlar orasida O'zbekistan musulmonlari idorasi va uning raisi, aziz birodarim, muftiy Usmonxon Alimovning alohida o'rni bor edi. Usmonxon Alimov hazratlari hayoti va xizmati bilan Muqaddas Kitobimizga sodiq bo'lganlar orasidadir”.

Shayxulislomi Olloshukur POShShOZODA, 

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi 

Albatta, xalq e'tirofi, odamlar mehri ulamo uchun katta mukofob bo'lgan esa-da, u kishining xizmatlari davlat tomonidan ham munosib taqdirlab borildi. Davlatimiz va xalqimiz oldidagi unutilmas xizmatlari, jamiyatimizda bag'rikenglik va dinlararo totuvlik muhitining mustahkamlanishiga qo'shgan munosib hissasi uchun Usmonxon Alimov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni asosida “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan edilar. Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi esa Hazratga Islom dini ma'rifatini tarqatish va o'zaro hamkorlikdagi keng ko'lamli ishlari uchun “Kumush yarim oy” medalini munosib ko'rdi.

    “Shayx Usmonxon Temirxon o'g'li rohimahulloh etmish bir yoshda bo'lishlariga qaramay bor kuch-quvvatlarini ayamay Islom dinini targ'ib etishga sarfladilar. Bu yurtda juda buyuk ulamolar o'tishgan, shayx hazratlari ularning ilmlariga jilo berdilar. Bu nomlarning yo'qolib ketmasligiga intilganlar”.

Abdullo HAShHANOV,

Checheniston Respublikasi Shali shahridagi Muhammad sollallohu alayhi vasallam nomidagi eng yirik jome masjid imom-xatibi

Hayot barchaga barobar munosabtda bo'lsa, o'lim yaxshilarni oldinga chiqaradi, degan gap bor. Usmonxon Alimov hayotlik vaqtlarida ham oldinda: yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi uchun ibrat ko'rsatib yashadilar. 2021 yil 15 avgust kuni og'ir xastalikdan so'ng Moskva shahrida vafot etganlarida esa nafaqat o'zbek xalqi, Islom olami qayg'uga botdi.O'shanda Qirg'izistonning O'sh shahri qozisi, mashhur ulamo Ubaydulla hoji domla Saribayev “muftiy Usmonxon Temirxon o'g'li hazratlari Markaziy Osiyo davlatlari muftiylari peshvosi”, deya hamdarlik izhor etgan edi.

“Biz, albatta, Allohnikimiz va Ungagina qaytamiz”, degan aqiydadamiz (Baqara surasi, 156-oyat). Ulug' inson Usmonxon Alimov xalq huzuridagi ibratomuz va'zlarida, yozgan kitoblarida o'zlari bot-bot takrorlagan sharafga erishdilar. U kishi ketmadilar – u kishi Unga qaytdilar.

Shoyim BO'TAYeV

(“Halq so'zi”).

 

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Rojdeniye Iisusa (mir yemu) v Korane

27.12.2024   332   4 min.
Rojdeniye Iisusa (mir yemu) v Korane

Odnim iz samix vajnix momentov v jizni Iisusa yavlyayetsya period yego rojdeniya. Istoriya, kotoruyu Koran rasskazivayet o rojdenii Iisusa, imeyet otlichiya ot istorii yego rojdeniya v Biblii xristian, peredayet IQNA.
Iisus yavlyayetsya odnim iz velikix prorokov i obladatelem shariata, a yego nebesnaya kniga nazivayetsya Yevangeliye. On posledniy prorok pered prorokom Islamom i odin iz predvestnikov yego prixoda, yego imya upominayetsya 25 raz v Korane. Neskolko etapov jizni Iisusa videlyayutsya v Korane. Odin iz samix vajnix momentov v yego jizni — eto period yego rojdeniya. Istoriya, kotoruyu Koran rasskazivayet o rojdenii Iisusa, otlichayetsya ot istorii yego rojdeniya v Biblii xristian. Daleye predstavlena istoriya rojdeniya Iisusa (mir yemu) v Svyashennom Korane. 

Vsevishniy v Korane predstavlyayet Iisusa (mir yemu) kak sina Marii, docheri Imrana. Mariya, doch Xanni i Imrana, s samogo nachala bila otdana v xram i vospitivalas pod nadzorom proroka Zakarii (mir yemu). Ona ta jenshina, kotoroy islam daroval prevosxodstvo nad vsemi jenshinami mira. Sin Marii v Korane — eto Iisus. 

Iisus rodilsya v gorode Vifleyeme i imel osoboye i unikalnoye rojdeniye. Soglasno ayatu 45 suri Al-Imran, odnajdi Djabrail (mir yemu) ot imeni Vsevishnego soobshil Marii, chto Bog dast yey sina po imeni Iisus, kotoriy budet obladat lichnostyu v etom mire i v mire inom i budet iz priblijennix k Bogu. Mariya bila porajena i v prodoljenii tex je ayatov obratilas k Bogu, skazav: «Ona skazala: "Gospodi! Kak ya mogu imet sina, yesli menya ne kasalsya ni odin mujchina". On skazal: "Tak Allax tvorit, chto pojelayet! Kogda On prinimayet resheniye, to Yemu stoit lish skazat: “Bud!” - kak eto sbivayetsya» (Al-Imran/47). 

Kogda Mariya pochuvstvovala, chto nastupilo vremya yee rodov, ona otoshla v uyedinennoye mesto i tam u neye nachalis sxvatki. V etot moment, buduchi pechalnoy i rasteryannoy, soglasno ayatam 24 i 25 suri Maryam, ona uslishala ot Boga vozglas, kotoriy glasil: «Togda on (Isa ili Djibril) vozzval k ney iz-pod neye: "Ne pechalsya! Gospod tvoy sozdal pod toboy ruchey. Potryasi na sebya stvol palmi, i na tebya popadayut svejiye finiki. Yesh, pey i raduysya! Yesli je uvidish kogo-libo iz lyudey, to skaji: “Ya dala Milostivomu obet xranit molchaniye i ne stanu segodnya razgovarivat s lyudmi”». 

Posle rojdeniya rebenka Mariya prinesla svoyego sina Iisusa k svoyemu narodu, i, uvidev Marii s yee novorojdennim, oni bili v udivlenii i skazali yey: «O sestra Xaruna (Aarona)! Tvoy otes ne bil skvernim chelovekom, i mat tvoya ne bila bludnitsey"» (Maryam/28). 

Lyudi stali osujdat i ukoryat yee, i Mariya v sootvetstvii s poveleniyem Boga molchala i ukazala na Iisusa. Iisus v kolibeli zagovoril i skazal: «On skazal: "Voistinu, ya - rab Allaxa. On daroval mne Pisaniye i sdelal menya prorokom. On sdelal menya blagoslovennim, gde bi ya ni bil, i zapovedal mne sovershat namaz i razdavat zakyat, poka ya budu jiv. On sdelal menya pochtitelnim k moyey materi i ne sdelal menya nadmennim i neschastnim. Mir mne v tot den, kogda ya rodilsya, v tot den, kogda ya skonchayus, i v tot den, kogda ya budu voskreshen k jizni» (Maryam/30-33). 

Koran v ayate 59 suri Al-Imran sopostavlyayet rojdeniye proroka Iisusa s rojdeniyem proroka Adama, tak kak on takje rodilsya bez otsa. Rojdeniye proroka Iisusa v Svyashennom Korane yavlyayetsya znakom beskonechnoy moshi Allaxa i velichayshim chudom v istorii chelovechestva.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Maqolalar