Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

03.05.2019 y. Ramazon oyi muborak

29.04.2019   5324   15 min.
03.05.2019 y. Ramazon oyi muborak

بسم الله الرحمن الرحيم

Ramazon oyi muborak

الْحَمْدُ للهِ الَّذِي مَنَّ عَلَى عِبَادِهِ بِمَوَاسِمِ الْخَيْرَاتِ، لِيَغْفِرَ لَهُمْ بِذَلِكَ الذُّنُوبَ وَالسَّيِّئَاتِ، وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلَى أَشْرَفِ الْمَخْلُوقَاتِ، وَعَلَى آلِهِ وَصَحْبِهِ وَمَنْ تَبِعَهُمْ بِإِحْسَانٍ مَدَى الأَوْقَاتِ، اَمَّا بَعْدُ

Muhtaram jamoat! Diyorimizga oylarning sultoni, mehr-shafqat saxovat ramzi bo‘lgan, Qur’oni karim nozil bo‘lgan, fazilati jihatidan boshqa oylardan afzal mohi Ramazon tashrif buyurib kelmoqda. Alloh taolo barchamizga ushbu oyni muborak qilib, O‘zi rozi bo‘ladigan ko‘plab ibodatlarni bajarishimizga muvaffaq aylasin!

Ro‘za arab tilida “savm” deb atalib, lug‘atda “bir narsadan o‘zini tiymoqlik”ni bildiradi. Istilohida esa “tongdan to quyosh botguncha ro‘zani niyat qilib, uni ochuvchi barcha narsalardan o‘zini tiyish”dir.

Ramazon ro‘zasi hijratning ikkinchi sanasida farz qilingan. Alloh taolo Ramazon ro‘zasining hukm va hikmatlarini Qur’oni karimda batafsil bayon qilib bergan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

(سورة البقرة/183)

ya’ni: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz” (Baqara surasi, 183-oyat).

Ma’lumki, ro‘zadan boshqa hamma amallarga riyo aralashishi mumkin. Lekin ro‘zada esa bunday bo‘lmaydi: tongga yaqin hech kim ko‘rmaydigan vaqtda saharlik qiladi, kunduzi esa hamma qatori yuraveradi. Ro‘za – Alloh bilan banda orasida sir bo‘lgan ibodatdir. Hech kimsiz, yolg‘iz o‘zi qolganida ham ro‘zador Alloh taolo ko‘rib turganini his qilib, biror narsa yemaydi. Ana shular – ro‘za Alloh uchun tutilishining belgisidir. Shuning uchun ham yolg‘iz Alloh uchun bo‘lgan ibodatning mukofotini Alloh taoloning O‘zi berishga va’da qilmoqda. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar:

"قَالَ اللهُ عز وجل: كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ لَهُ إِلا الصِّيَام، فَإنَّهُ لِي وَأنَا أجْزِي بِهِ، وَالصِّيَامُ جُنَّةٌ، فَإذَا كَانَ يَومُ صَوْمِ أحَدِكُمْ فَلا يَرْفُثْ وَلا يَصْخَبْ فإنْ سَابَّهُ أحَدٌ أَوْ قَاتَلَهُ فَلْيَقُلْ: إنِّي صَائِمٌ وَالذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ لَخُلُوفُ فَمِ الصَّائِمِ أطْيَبُ عِنْدَ اللهِ مِنْ رِيحِ المِسْكِ لِلصَّائِمِ فَرْحَتَانِ يَفْرَحُهُمَا: إِذَا أفْطَرَ فَرِحَ بفطره، وَإذَا لَقِيَ رَبَّهُ فَرِحَ بِصَوْمِهِ"

(متفقٌ عَلَيْهِ)

ya’ni: “Alloh taolo: “Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini Men O‘zim berurman”, dedi. Ro‘za saqlovchidir. Qachon qaysi biringiz ro‘zador bo‘lsa, fahshdan gapirmasin va baqir-chaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan so‘kishmoqchi bo‘lsa, “Men ro‘zadorman” desin. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, albatta, ro‘zadorning og‘zining hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushbo‘yroqdir. Ro‘zadorga ikki marta xursandchilik bor: biri iftor vaqtida og‘zini ochganda  va ikkinchisi qiyomat kunida Robbisiga ro‘baro‘ bo‘lganda (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan).

Ramazonda boylar ham bir oy ochlik va chanqoqlikni boshlaridan kechirishib, kambag‘allarning yil davomidagi holatlarini his etadilar. Bu esa kam ta’minlanganlarga rahm-shafqat ko‘rsatishlariga sabab bo‘ladi.

Muhtaram jamoat! Ushbu oyning fazilatini oliy qiluvchi ikki narsa borki, ularning birinchisi – Ramazon oyida insoniyatga qiyomatgacha ilohiy dastur qilib tushirilgan Qur’oni karimning nozil qilinishi bo‘lsa, ikkinchisi – bu oyda fazilati jihatidan ming oyga tatiydigan Qadr kechasining borligidir.

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآَنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللَّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

 (سورة البقرة/185)

ya’ni: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur’on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda (o‘z yashash joyida) hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin. Kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, (tuta olmagan kunlarining) sanog‘i boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og‘irlikni xohlamaydi. Bu – hisobni to‘ldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun Allohga takbir (hamdu sano) aytishingiz va shukr qilishingiz uchundir” (Baqara surasi, 185-oyat).

Ramazon – Qur’on oyidir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bu oyda Qur’onni Jabroil alayhissalomga to‘liq o‘qib berar edilar. Vafot topadigan yillarida esa Qur’onni bu ulug‘ farishtadan ikki marta o‘tkazib olganlar.

U zot Ramazon oyida Qur’on tilovatini kuchaytirib, tungi namozdagi qiroatlarni uzaytirardilar. O‘tgan solihlarimiz ham bu oyda Qur’onni bir necha bor xatm qilib chiqishardi.  Ramazon oyida boshqa nafl ibodatlarni qo‘yib, faqat Qur’on bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Imom Zuhriy Ramazon kirsa: “Bu oy faqat Qur’on o‘qish va (iftorda) ochlarni to‘ydirish oyidir”, – derdilar.

Imom Molik rahmatullohi alayh Ramazon oyi kirsa, hadis darslarini to‘xtatib, Qur’on bilan mashg‘ul bo‘lar edilar. Shuningdek Sufyon Savriy rahimahulloh ham Ramazon oyi kelsa, barcha nafl ibodatlarni qo‘yib, Qur’onga yuzlanar edilar.

Imom Buxoriy rahimahulloh Ramazon oyida har kuni bir marta xatm qilar edilar. Taroveh namozidan keyin ham qoim bo‘lar va uch kunda bir marotaba xatm qilar edilar (“Tarixu Bag‘dod”).

Imom Ahmad ibn Hanbalning “Kitabuz-Zuhd” kitoblarida kelishicha,  mashhur tobein Ibn Sirin rahmatullohi alayh Ramazonda tunlarini ibodat bilan o‘tkazar ekan.

“Siyaru a’lamun-Nubala” kitobida naql qilinishicha, “Qatoda yetti kunda bir marotaba Qur’onni xatm qilar edi. Ramazon oyida esa – uch kunda bir xatm qilar, agar ro‘zaning oxirgi o‘n kunligi kelsa, har kuni bir marotaba xatm qilar edi”.

Robi’ ibn Sulaymon ustozi Imom Shofe’iyning Ramazon oyida Qur’onni namozda o‘qiganlaridan tashqari 60 marotaba xatm qilishlarini naql qilgan. Huddi shu kabi rivoyat Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan ham naql qilingan.

Imom Zahabiy o‘zlarining “Siyar a’lamun-nubala” kitoblarida Murtazo ibn Afifni tarjimayi holida: “U faqir va o‘ta sabrli inson edi. Bir oyda o‘ttiz marotaba Qur’onni xatm qilar, Ramazon oyida esa oltmish marotaba xatm qilar edi” – deganlar.

Ramazon oyi – nafsni tarbiyalash oyidir. Ro‘za tutgan inson doimo Alloh taoloning kuzatib turganini his qilib yashaydi. Shuning uchun o‘zi yolg‘iz qolganida ham ro‘zasini ochishga jur’at etmaydi. Doimiy ravishda Allohni his etib turish esa kishi qalbini musaffo qiladi. Uning qalbiga Alloh muhabbatidan boshqa narsa sig‘may qoladi. ro‘za tutish orqali inson gunohlardan saqlanadi, shahvati sinadi va gunohga undovchi omillar zaiflashadi. Bu haqda quyidagi hadisda bayon qilingan: 

"إِذَا كَانَ أَوَّلُ لَيْلَةٍ مِنْ شَهْرِ رَمَضَانَ صُفِّدَتْ الشَّيَاطِينُ وَمَرَدَةُ الْجِنِّ وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ النَّارِ فَلَمْ يُفْتَحْ مِنْهَا بَابٌ وَفُتِّحَتْ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ فَلَمْ يُغْلَقْ مِنْهَا بَابٌ وَيُنَادِي مُنَادٍ يَا بَاغِيَ الْخَيْرِ أَقْبِلْ وَيَا بَاغِيَ الشَّرِّ أَقْصِرْ وَلِلَّهِ عُتَقَاءُ مِنْ النَّارِ وَذَلكَ كُلُّ لَيْلَةٍ"

(رَوَاهُ الإمام التِّرْمِذِيُّ عن أبي هريرة رضي الله عنه)

ya’ni: Abu Hurayra raziyallohu anhu: “Nabiy sallallohu alayhi va sallam: “Ramazon oyining birinchi kechasida, shaytonlar va yomon jinlar kishanlanadi, do‘zax eshiklari yopilib, undan birortasi ochilmaydi. Jannat eshiklari ochilib, ular yopilmaydi. “Ey yaxshilikni xohlovchi, buyoqqa kel! Ey yomonlik istovchi, bu ishdan to‘xta!” deb nido qilinadi. Bu kechada Alloh taolo ko‘pchilikni do‘zaxdan ozod qiladi. Mana shu har kuni takrorlanadi”, – dedilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Ramazon – ibodat oyidir. O‘tgan ulug‘larimiz Ramazonga shunday intiq bo‘lishganidan, hatto oylar davomida “Ey Alloh, bizlarni Ramazonga eson-omon yetkaz!” deya, Yaratganga iltijo qilishgan. Uning har lahzasini g‘animat bilib, savoblar to‘plashga qiziqishgan. Tilovat, zikr, istig‘forda bardavom bo‘lishgan. Bu yaxshilikni oila a’zolariga ham ilingan.

“Sahih Muslim”da quyidagi hadisda: “Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam Ramazon kechalarini ibodat bilan o‘tkazardilar. Qachon oyning oxirgi o‘n kuni kelsa, oila a’zolarini va namozga kuchi yetadigan katta-yu kichikni uyg‘otardilar”, deyilgan. Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

" ثَلاَثُ دَعَوَاتٍ لاَ تُرَدُّ دَعْوَةُ الْوَالِدِ، وَدَعْوَةُ الصَّائِمِ وَدَعْوَةُ الْمُسَافِرِ"

(رَوَاهُ الإمَامُ البَيْهَقِيُّ فِي "السُّنَنِ" وَ الإمَامُ الْمَقْدِسِيُّ فِي "الأَحَادِيثِ الْمُخْتَارَة" عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رضي الله عنه)

ya’ni: “Uch kishining duosi rad etilmaydi: otaning (farzand haqqiga) duosi, ro‘zadorning va musofirning duosi” (Imom Bayhaqiy va Imom Ziyo al-Maqdisiy rivoyat qilgan).

Muhtaram jamoat! Dunyodagi barcha musulmonlar Ramazon oyini sog‘inib, katta tayyorgarliklar bilan kutib olishadi. Zero, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, u zotning sahobalari, tobeinlar va solih insonlar Ramazon oyiga katta e’tibor berishgan, bu oy kelganida nihoyatda xursand bo‘lishgan. Ular Ramazon kunlari turli xil foydasiz gap-so‘zlar, behuda o‘yin-kulgi, g‘iybat, bo‘hton, yolg‘ondan saqlanishgan. Ramazon kechalarini ko‘proq Qur’on tilovati, nafl ibodatlar, Allohning zikri, tavba-istig‘for qilishlar bilan bedor o‘tkazishgan. Bu oyda har qachongidan saxiylik va oliyhimmatlilik ko‘rsatib, faqir va miskin odamlarga sadaqa, ehson, taom ulashishgan, ro‘zadorlarga iftorliklar uyushtirishda o‘zaro musobaqalashishgan. Tojirlar bu oyda mollarining, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining narxini har qachongidan pasaytirishgan.

Bizning yurtimizda ham Ramazon oyiga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rilishi odat tusiga kirgan. “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish” to‘g‘risida Yurtboshimizning qarorlari qabul qilinib, masjidlarda emin-erkin ibodat qilinishi hukumat miqyosida e’tibor qaratiladi.

Sahl raziyallohu anhudan qilingan rivoyatda kelishicha, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

"إِنَّ فِي الْجَنَّةِ بَابًا يُقَالُ لَهُ الرَّيَّانُ يَدْخُلُ مِنْهُ الصَّائِمُونَ يَوْمَ  الْقِيَامَةِ لا يَدْخُلُ مِنْهُ أَحَدٌ  غَيْرُهُمْ يُقَالُ أَيْنَ الصَّائِمُونَ فَيَقُومُونَ لا يَدْخُلُ مِنْهُ أَحَدٌ غَيْرُهُمْ مِنْهُ فَإِذَا دَخَلُوا أُغْلِقَ فَلَمْ يَدْخُلْ مِنْهُ أَحَدٌ"

(رَوَاهُ الإمَامُ البُخَارِيُّ عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ رضي الله عنه)

ya’ni: “Jannatning bir eshigi bo‘lib, uni Rayyon deb ataladi. Qiyomat kuni ro‘zadorlar o‘shandan kirishadi, ulardan boshqa biror odam kirmaydi. Shunda “Ro‘zadorlar qani?” deyiladi. Shunda ro‘zadorlar kirib borishadi. Ularning oxirgisi kirib bo‘lishi bilan eshik berkitiladi. Undan boshqa hech kim kirmaydi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Parvardigori olam bu yilgi Ramazonda ko‘plab xayr-barakalarini yog‘dirsin! Bu muborak oyning sharofatidan yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik, dasturxonimizga to‘kin-sochinlik ato aylasin! Bandalarning gunohlarini kechirib, yaxshilikda peshqadamlar safida qilsin! 

ILOVA: XOTIRA VA QADRLASH – INSONIY BURCH

Muhtaram jamoat! Yurtimizda alohida e’tibor qaratilgan kunlardan biri “Xotira va qadrlash kuni” ham yaqinlashmoqda. Bu kunda biz o‘tmishda o‘tgan ajdodlarimiz, xususan qatag‘on davri qurbonlari va Vatan ozodligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida jonlarini fido qilib, bugungi kunda olamdan o‘tib ketgan barcha fidoyi yurtdoshlarimizni yodga olib, ruhlariga Qur’on tilovat qilib, haqlariga duoi xayrlar qilamiz. Tiriklarini esa qadrlariga yetib, nasihat va duolarini olib, xizmatlarini qilishga harakat qilamiz. Biz o‘tganlarimizni har doim eslab, haqlariga duoda bo‘lishimiz – biz tiriklarni vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Payg‘ambarimiz sallalohu alayhi vasallam bu haqda shunday marhamat qiladilar:

"اذْكُرُوا مَحَاسِنَ مَوْتاكُمْ وكُفُّوا عَنْ مَساوِيهِمْ"

(رَوَاهُ الإمَامُ أَبُو دَاوُدَ وَالإِمَامُ التِّرْمِذِيُّ)

ya’ni: “O‘tganlaringizning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar”, – dedilar” (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).

Dinimizda o‘tganlarni eslash, ularga duoi-xayrlar qilish ibodat hisoblanadi. Hayot yurgan kishilar ibodatda bo‘lib, solih amallar qilishsa, ularning vafot etgan yaqinlari xursand bo‘lishadi. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:

"إِنَّ أَعْمَالَكُمْ تُعْرَضُ عَلَى أَقَارِبِكُمْ وَعَشَائِرِكُمْ مِنْ الْأَمْوَاتِ فَإِنْ كَانَ خَيْرًا اسْتَبْشَرُوا بِهِ وَإِنْ كَانَ غَيْرَ ذَلِكَ قَالُوا اللَّهُمَّ لَا تُمِتْهُمْ حَتَّى تَهْدِيَهُمْ كَمَا هَدَيْتَنَا"

(رَوَاهُ الإمَامُ أَحْمَدُ)

ya’ni: “Albatta amallaringiz o‘tib ketgan yaqinlaringiz va qarindoshlaringizga namoyish qilib turiladi. Agar (amallaringiz) yaxshi bo‘lsa, ular undan xursand bo‘lishadi. Agar undan boshqacha bo‘lsa, ular: “Allohim, bizni hidoyat qilganing kabi ularni ham hidoyat qilmacdan jonlarini olmagin”, deyishadi”, – dedilar (Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Demak, bizdan o‘tib ketgan yaqinlarimiz Allohning huzurida xursand va yuzlari yorug‘ bo‘lishi uchun solih amallarda bo‘lishimiz o‘ta muhim ahamiyat kasb etar ekan. Zinhor va zinhor ularni Allohning huzurida xijolatga qo‘ymaylik!

Shuningdek, o‘tganlarimizni qabrlarini ziyorat qilib, haqlariga duo qilishimiz ham darkor. Zero, shariatimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra, qabrlarni ziyorat qilish – sunnat amallardandir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga hijrat qilib kelganlarida, shunday marhamat qilganlar:

 "ﻛُﻨْﺖُ ﻧَﻬَﻴْﺘُﻜُﻢْ ﻋَﻦْ ﺯِﻳَﺎﺭَﺓِ ﺍﻟﻘُﺒُﻮﺭِ ﺃَﻻَ ﻓَﺰُﻭﺭُﻭﻫَﺎ ﻓَإِﻧَّﻬَﺎ ﺗُﺬَﻛِّﺮُﻛُﻢُ الآﺧِﺮَﺓَ"

(رَوَاهُ الإِمَامُ التِّرْمِذِىُّ)

ya’ni: Sizlarga qabrlar ziyoratini taqiqlagan edim. Mana, endi qabrlarni ziyorat etavering, zero u sizlarga oxiratni eslatadi (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taboraka va taolo barcha o‘tgan ajdodlarimizni O‘zining rahmatiga olib, ularning haqlariga qilayotgan duolarimizni ijobat aylab, hayotlarimizga uzoq umr, tinchlik va ofiyat ato etishini so‘rab qolamiz! Omin, yo Robbal olamin!

Muhtaram imom-domla! Kelgusi juma ma’ruzasi “RAMAZON-OYLAR SULTONI” mavzusida bo‘ladi. Jamoatga e’lon qilishingizni so‘raymiz.

Juma mav'izalari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

10.01.2025   853   2 min.
Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

Shu yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo tumanida o‘tkazildi.


Mazkur tumandagi “Abu Bakr” masjididagi yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Sirdaryo viloyat vakilligi xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ular hududdagi 7 ta masjid va 21 ta mahallaga biriktirildi. Shuningdek, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.


Tadbir doirasida imom-xatiblar 105 ta oilaga, 21 ta oilaga, umumiy hisobda 126 ta oilaga kirib, targ‘ibot va amaliy yordam ishlarni olib bordi.


Xususan, 38 ta xonadonda yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lganlar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi. 19 oila buzilishining oldi olindi. Nogironligi bor, ehtiyojmand va tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 5 ta oilaga kirib sovg‘a-salomlar ulashildi.


Shuningdek, ishchi guruh a’zolari imom-xatiblar faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, ustav asosida ish yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar hozirlash kabi jihatlar ko‘rib chiqildi. Natijada imom-xatib boshchiligidagi masjidlar jamoasining faoliyatiga ijobiy baho berildi.


Bundan tashqari, ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, qavmga “Tinchlik ne’mati”, “Shukronalik”, “O‘zaro hamjihatlik”, “Oila muqaddasligi”, “Husni xulq”, “Qo‘shnichilik odoblari”, “Mazhabga ergashish va yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruza qilishdi. Ularda 1 300 nafardan ortiq namozxon qamrab olindi.


Tadbir so‘ngida Sirdaryo tumani imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy va masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


Ma’lumot o‘rnida Sirdaryo viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2025 yilning 28 yanvar kuni Xovos tumanida o‘tkazilishi reja qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi
O'zbekiston yangiliklari