Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446

Ramazonga tayyormisiz?

29.04.2019   2852   3 min.
Ramazonga tayyormisiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taologa beadad hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin  

Ramazon – g‘animat oydir. Uning har bir soniyasidan unumli foydalanish lozim. Bu oyda Alloh taoloning rahmati va mag‘firati yanada ortadi. Qilingan nafl amallarning savobi boshqa oydagi farz amallar savobiga tenglashtiriladi, farz amallarning savobi esa boshqa oydagi farz amallardan yetmish barobar ortiq bo‘ladi.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng saxovatlisi edilar. U zotning saxovatlari Ramazon oyida – har kecha Jabroil alayhissalom Qur’onni ta’lim berish uchun huzurlariga tushganda yanada ziyoda bo‘lardi. Nabiy alayhissalom odamlarga muruvvat ko‘rsatishda shiddat bilan esayotgan shamoldan-da tez edilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Ko‘pincha mayda ishlarni ham hisob-kitob qilamiz, biroq Ramazon oyi rejasini tuzishni unutamiz. Oqibatda dunyo va oxirat uchun foydali bo‘lgan yaxshiliklardan mahrum bo‘lamiz. Ramazondagi fayzu baraka sababli bu oyda ko‘proq ibodat qilishga harakat qilish lozim. 

  1. Allohdan Ramazon oyiga sog‘-salomat yetkazishini va Ramazon ro‘zasini tutishga musharraf etishini so‘rab duo qiling. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Rajab oyi kelsa: “Yo Alloh, Rajab va Sha’bon oylarini xayrli qilgin va Ramazon oyiga yetkazgin”, deb duo qilar edilar. Sahobalar ham: “Alloh, bizni Ramazonga yetkaz”, deb duo qilishga odatlanganlar. 
  1. Ramazon va unga taalluqli bo‘lgan masalalarni puxta o‘zlashtirib oling. Islom – ilm dinidir. Har bir musulmon o‘zi uchun foydali va zararli narsalarni o‘qib, o‘rganib yoki so‘rab bilib olishi shart. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Bas, Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahlidan so‘rangiz!» (Anbiyo surasi, 7-oyat).

Shu bois, ro‘zaning barcha qoidalarini tushunib, unga amal qilinsa, ro‘zaning mukammal ado etilishini va savobining ortishiga sabab bo‘ladi. Zero, ilmsiz amal mevasiz daraxt kabidir. 

  1. Ramazon ro‘zasini tutishga xolis niyat qiling. “Havo juda issiq, salqin bo‘lganda tutarman”, “Ro‘za tutishga kuchim yetmaydi”, “Ro‘za tutsam sog‘lig‘im uchun zarar bo‘ladi” kabi turli bahonalar bilan bu oyning fazilatlaridan bebahra qolmang! Agar ro‘zani xolis Alloh uchun tutishni niyat qilsangiz, Allohning o‘zi yengillik beradi. 
  1. Ramazon oyi kelayotganidan xursand bo‘ling. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyi kelsa, baxtiyor va xursand bo‘lib: “Ramazon oyi keldi. Ramazon oyi Alloh ro‘za tutishni farz qilgan rahmat oyidir. Bu oyda jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitiladi”, der edilar. Sahoba va tobeinlar bu oy kelishini intizorlik bilan kutishar edi. 
  1. Muborak Ramazon oyiga yetkazgani uchun Allohga hamd ayting. Chunki Alloh sizni sog‘-salomat bu oyga yetkazib, o‘zining cheksiz rahmat va marhamatiga loyiq ko‘rdi.

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sajdadan keyingi rakatga turayotganda o‘tirish sunnatmi?

6.01.2025   1878   1 min.
Sajdadan keyingi rakatga turayotganda o‘tirish sunnatmi?

Savol: Birinchi rakat tugab, sajdadan ikkinchi rakatga turayotganda bir-ikki soniya o‘tirib, keyin turish sunnat deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Buni fiqhiy kitoblarimizda "Jalsai istiroha" ya’ni, "orom olib o‘tirish" deb nomlanadi. Bundan birinchi va uchinchi rakatlar oxirida sajdadan keyin qiyomga turishdan oldin bir oz o‘tirib olish tushuniladi va bu amal hanafiy mazhabida makruh amal sanaladi ("Al-Lubob sharhul kitob").
Abu Hurayra roziyallohu anhudan Payg‘ambarimiz alayhissalom namozda bevosita qadamlarining old qismiga tayangan holllarida (ya’ni, yerga suyanmay va o‘tirmagan holda) turishlari rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.