Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2025   |   19 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:08
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2025, 19 Shavvol, 1446

Toshkentda yangi majmua ochilish arafasida

27.04.2019   2597   1 min.
Toshkentda yangi majmua ochilish arafasida

Yil boshidan buyon qor-yomg‘irli kunlarga qaramay, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh nomlari uchun barpo etilayotgan majmuada qurilish ishlari bir lahza bo‘lsin-da, to‘xtagani yo‘q. Bir yildan ortiq vaqt davomida olib borilgan qurilish, nihoyat o‘z yakuniga yetish arafasida.

Majmua tarkibidagi masjidga kirish joyidagi muhtasham ichki va tashqi peshtoq to‘la qurib bitkazildi.  Majmuani bezab turadigan ikkita minora ustiga kichik gumbazlar o‘rnatildi. Masjid ichidagi bezak ishlari yakuniga yetish arafasida.

Majmuadagi anjumanlar saroyi, minoralarning qurilish ishlari yakuniga yetdi hamda ularning qubbasiga hilol o‘rnatildi.

Shuningdek, “So‘galli ota” maqbarasida  ham bunyodkorlik ishlari o‘z yakuniga yetdi. Masjid hududidagi namozxona, ayollar namozxonasi, tahorat xonalari, minora, 3 ta kirish peshtoqi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan anjumanlar saroyi, tashqi va ichki favvoralar, majmua sahni, avtoulovlar uchun to‘xtash joylarida qurilish va bezak berish ishlari yakunlandi.

Majmua hovlisi to‘liq ko‘kalamzorlashtirildi, shuningdek tashrif buyuruvchi ziyoratchilarga qulayliklar yaratish maqsadida zamonaviy rusumdagi o‘rindiqlar, chiqindi qutilari o‘rnatildi.

Majmua hududida bunyod etilgan muzeyda esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning umr yo‘liga oid qimmatli ma’lumotlar, u kishining ilmiy merosini jamlash rejalashtirilgan.

Tez kunlarda majmuaning foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

 

islom.uz portali tahririyati

Manba: https://islom.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qo‘lga kiritmay turib sotmasin

16.04.2025   1120   1 min.
Qo‘lga kiritmay turib sotmasin

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ziniki bo‘lmagan narsani sotishdan qaytarganlar. Musulmon savdogar tijorat molini hali qo‘liga olmay turib boshqaga sotmasligi lozim. Chunki molni qo‘lga olishdan avval sotish va undan foydalanish shar’an haromdir.


Hakim ibn Huzom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘limda bo‘lmagan narsani sotishimdan qaytardilar” (Imom Nasoiy rivoyati).


“Savdo molini qo‘lga olib, o‘ziniki qilib olmay turib sotuvchiga ham, boshqasiga ham sotish joiz bo‘lmaydi” (Mabsut kitobi).


Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytargan narsa taom bo‘lib, uni qo‘lga olmasdan oldin sotish mumkin emas”.


Ibn Abbos roziyallohu anhu yana shunday qo‘shimcha qildilar: “Boshqa narsalarni ham taom kabi deb bilaman” (Muttafaqun alayh).


Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim taom sotib olsa, uni to‘liq qo‘lga kiritmay turib sotmasin”, dedilar.


Ibn Abbos roziyallohu anhuning boshqa bir rivoyatida: “O‘lchab olmagunicha” deyilgan (Muttafaqun alayh).