tj.sputniknews.ru nashrining xabar berishicha, 2019 yilda Haj ziyoratiga borish niyatida bo‘lgan Tojikiston fuqarolari 35 128 somoni (qariyb 3,5 ming AQSH dollari) to‘lashi zarur.
Tojikiston Respublikasi Din ishlari, xalq an’analari, tantanalar va marosimlarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi "Haj-2019" mavsumida ushbu belgilangan narxga Saudiya Arabistoniga borish va kelish uchun chipta, Makka va Madinada yashash, ovqatlanish, yo‘lboshlovchi xizmati, Mino, Muzdalifa, Arafotda bo‘lish, qurbonlik so‘yish, tibbiy xizmat va boshqalar kirishini ma’lum qilgan. Jidda-Makka-Mino-Arafot-Muzdalifa-Mino-Makka-Madina yo‘nalishida transport harajatlari ham ushbu to‘lanadigan mablag‘ tarkibiga kiradi.
2018 yilda Tojikiston fuqarolari hajga borish uchun 33 ming somoni to‘lashgan. Hajga boruvchilar uchun bir qator talablar mavjud bo‘lib, bular 30-60 yosh orasida bo‘lishi lozim.
So‘nggi 5 yil ichida Haj ziyoratini amalga oshirgan fuqarolar 534 AQSH dollari miqdoridagi bojni to‘lashlari talab qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilda 6 ming nafar tojikistonlik Haj ziyoratiga borgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati