Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Aprel, 2025   |   30 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:25
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:42
Bismillah
28 Aprel, 2025, 30 Shavvol, 1446

Imom-xatib nochor oilaga yangi uy qurib berdi

18.04.2019   3228   1 min.
Imom-xatib nochor oilaga yangi uy qurib berdi

Xorazm viloyati Gurlan tumani bosh imomi, “Qora Alam Bobo” jome masjidi imom-xatibi Mahmudjon Habibullayev Gurlan tumani   Fidokor mahallasida yashovchi Qutlimuratovlar oilasiga o‘z hisobidan yangi uy qurib berdi. Mazkur oila hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan biri bo‘lib, yashab turgan xonadoni nochor holatda, uyning shifti, pollari yaroqsiz ahvolda edi. Uning ustiga, gaz, elektr tokidan katta miqdordagi qarzdorligi sababli tarmoqdan uzib qo‘yilgan edi.  Imom-xatib eski uyning yonidan alohida binoda 5 xonalik yangi uy qurib bergan, kommunal to‘lovlardan ham qarzlarini to‘lab bergan. 

Aslida bu xabar,  mazkur xonadon sohibi, uch farzandning otasi Umrbek Qutlimurodovning Diniy idoraga Mahmudjon Habibullayev nomiga yozilgan Tashakkurnoma xatidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Tashakkurnoma xatida: “Bosh imom Mahmudjon aka bizlarni zax, ko‘rimsiz joydan xalos qilib,  o‘z hisobidan besh xonali zamonaviy tartibda uy solib berdi. Biz farzandlarimiz bilan har kuni ertalab qo‘limizni duoga ochib, u kishini uzoq umr ko‘rishini, qilayotgan xayrli va savobli ishlari Qodir Alloh huzurida o‘zlariga soyabon bo‘lishini istab qolamiz, deya mamnuniyat so‘zlari bitilgan.

Biz bu masala bo‘yicha biz imom domla bilan bog‘langanimizda kamtarlik bilan: “Ha, o‘tgan yili qish oylarida xonadonning og‘ir sharoitini ko‘rib, Alloh qodir qilsa, shu oilaga yangi uy qurib berishni niyat qilgan edik, yozga chiqib, shu ish nasib bo‘ldi va tez fursatda uy ham bitdi, dedilar.

Alloh roziligi, xalq xizmati yo‘lida qilnayotgan bu kabi ishlar ko‘payaversin.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ko‘p nafl ro‘za tuta olmasangiz va namoz o‘qiy olmasangiz....

25.04.2025   7320   1 min.
Ko‘p nafl ro‘za tuta olmasangiz va namoz o‘qiy olmasangiz....

اللهم صلي وسلم على نبينا محمد وعلى آله وصحبه أجمعين


Shayx ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh aytadilar: “Kimki ko‘p nafl ro‘za tuta olmasa va nafl namozlarni o‘qiy olmasa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytishi lozim.

Agar inson umr bo‘yi qilgan ibodati bilan Alloh taoloning bir marotaba salavot aytgani tenglashtirilsa, Alloh taoloning salavoti og‘ir keladi. Chunki banda o‘z darajasida ibodat qiladi, Alloh taolo esa O‘zining buyukligiga munosib salavot aytadi. Endi U Zot banda uchun o‘n marta salavot aytsa qanday bo‘ladi?!”.

Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Kim menga bir marta salavot aytsa Alloh unga o‘n marta salavot aytadi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Alloh taoloning bandalariga aytgan salavoti Uning rahmatidir.
 

اللهم صلي وسلم على نبينا محمد وعلى آله وصحبه أجمعين

Davron NURMUHAMMAD