Yevropa davlatlari o‘rtasidagi Qur’oni karim musobaqasi Buyuk Britaniyaning Birminghem shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda IQNA nashriga tayanib Islom.uz xabar berdi.
Musobaqa tashkilotchisi Yevropa Qur’on vaqfi hisoblanadi. Musobaqa erkak va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi. Musobaqa shartlari va ishtirokchilar yoshlari quyidagi tartibda belgilangan:
- 30 yoshgacha bo‘lganlar Qur’oni karimni to‘liq yod olgan holda;
- 25 yoshgacha bo‘lganlar 15 pora;
- 15 yoshgacha bo‘lganlar 3 pora (Mujodala surasidan Nos surasigacha) bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar.
Musobaqaga Yevropaning barcha davlatlaridan Qur’on hofizlari taklif etilgan. Tashkilotchilarning aytishlaricha, tadbirni tashkil etishdan maqsad – Yevropa qit’asidagi musulmon jamoalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida Qur’oni karimga bo‘lgan muhabbatni oshirish va boshqa ezgu maqsadlar iborat.
Musobaqaning yarim finali 20 aprel kuni, yakuniy bosqichi esa 21 aprel kuni Buyuk Britaniyaning Birminghem shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati