Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

O‘zbekiston Global Muslim Travel Index 2019 reytingida yuqoriladi

12.04.2019   3543   1 min.
O‘zbekiston Global Muslim Travel Index 2019 reytingida yuqoriladi

2019 yilning aprel oyida taqdim etilgan Jahon halol turizm reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Top-20 ro‘yxatidan o‘rin olgan. Halol turizm ziyoratchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari orasida esa Top-10 ro‘yxatiga kiritilgan.

Global Muslim Travel Index 2019 hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekiston ziyorat turizmi bo‘yicha 18-o‘rinda (2018 yilda - 32 o‘rinda bo‘lgan). Yetakchilik - Malayziya, Indoneziya va Turkiya mamlakatlarida. Bulardan tashqari, ro‘yxatda Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Marokash, Baxrayn, Ummon, Bruney, Iordaniya, Eron, Misr, Kuvayt, Tunis, Pokiston, Jazoir, Livan, Bangladesh, Maldiv ham qayd etilgan. Qozog‘iston va Ozarbayjon esa O‘zbekistondan keyin 19- va 20-o‘rinlarni egallagan.

Halol turizm ziyoratchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari reytingida esa O‘zbekiston 9-o‘rinni egallagan. Ilk uch o‘ringa Saudiya Arabistoni, Turkiya va Marokash munosib ko‘rilgan. Shuningdek, ro‘yxatdan Malayziya, Bahrayn, BAA, Qozog‘iston, Eron va Indoneziya mamlakatlari ham joy olgan.

Global Muslim Travel Index 2019 reytingini tuzishda mamlakatlarning iqlimi, xavfsizligi, iqtisodiyoti va ko‘rsatiladigan xizmatlar kabi omillar hisobga olingan.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda Buxoro shahrida o‘tkazilgan hamda dunyoning turli davlatlari vakillarini o‘zida jamlagan I Xalqaro ziyorat turizmi forumi shular jumlasidandir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi

07.08.2025   8775   1 min.
Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi

#Sayyor_yig‘ilish 

“Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari”

Shu yil 5 avgust kuni Sirdaryo viloyatida imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida navbatdagi amaliy tadbir  "Guliston" jome masjidida bo‘lib o‘tdi. 



Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi jami 139 ta xonadon holati o‘rganildi.

Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati 

Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi Amaliy tadbirda 140 ta xonadon holati o‘rganildi
O'zbekiston yangiliklari