Bugun, 11 aprel kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida “Ma’naviy ipak yo‘li, Islom va yoshlar: zamonaviy tahdidlar” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Rossiya muftiylar Kengashi raisi Ravil Gaynutdin, Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Serikbay hoji Oraz, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maksatbek Toktomushev, shuningdek, Xitoy, Moldova va Finlandiya musulmonlari yetakchilari, jami bo‘lib 14 ta davlatdan din peshvolari ishtirok etmoqda.
Saytimizda anjuman tafsilotlarini yoritib boramiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 15 may kuni Mir Arab oliy madrasasida "Islom ma’rifati — axloqiy va ma’naviy barkamollik asosi" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, diniy ta’lim muassasalari, shuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti rahbar va professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjumanda bevosita va masofaviy tarzda qatnashgan notiqlar mavzu yuzasidan chiqishlar qilish barobarida muhim taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
Mirarab.uz