Sharja amirligi Arab tili akademiyasi bosh kotibi doktor Muhammad Safi Al Mosteganemi Milan shahrida o‘tkazilayotgan Arab tili va madaniyati festivalida o‘z hamkasblariga «Arab tilining tarixiy lug‘ati» ustida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi, deya xabar qiladi islam.ru nashri.
Olimning ta’kidlashicha, kitob Sharja amirligi Oliy kengashi a’zosi va hukmdori doktor shayx Sulton ibn Muhammad al-Qosimiy rahbarligi ostida tayyorlanmoqda.
"WAM" axborot agentligi xabariga ko‘ra, arab tili va madaniyatining tarixiy rivojlanishi aks etadigan lug‘atni yaratish ustida Arab ilmiy tili akademiyalari ittifoqi (Qohira, Misr) bilan birgalikda 300 nafardan ortiq arab tadqiqotchilari va tilshunoslari ish olib borishmoqda. Kitobda arab tili va madaniyatining oxirgi 17 asrlik tarixi tadqiqotning uch bosqichlari: eski yozuvlar, arab tiliga urg‘u bilan semit tillari guruhi, shuningdek, tilning amaliy qo‘llanilishida ta’riflanadi. U islomgacha va islom davrlari, separatchi sulolalar tarixi, Mamluk sultonligi davri va zamonaviy tarixdan iborat beshta davrni qamrab oladi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati
O‘tgan 2024 yil davomida ko‘hna shaharga 1 million 745 ming 200 nafardan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali turizm eksporti 436,3 million AQSH dollariga yetkazilgan. Shu bilan birga, respublika hududlaridan Buxoroga 4 milliondan ziyod mahalliy aholi sayohat maqsadida tashrif buyurgan.
Shaharning sayyohlik salohiyatini yaxshilash maqsadida o‘tgan yili 74 ta joylashtirish vositasi, jumladan, 17 ta mehmonxona, 15 ta xostel, 42 ta oilaviy mehmon uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, hududda 43 nafar yangi turoperator-turagent ish boshlashi natijasida ularning soni 2023 yildagi 143 dan 186 nafarga yetgan.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA