Kayraun xazinasidagi Qur’oni Karim qo‘lyozma sahifalari Islom sivilizatsiyasi markazi Qur’on ekspozitsiyasidan joy oladi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey va kutubxona fondini nodir asarlar bilan boyitish jarayoni davom ettirilmoqda. Hijriy IV, melodiy X asrda moviy rang pergament (kiyik terisidan tayyorlangan sahifa)ga oltin suvida kufiy yozuvida bitilgan mashhur moviy Qur’onning Luqmon surasi bitilgan sahifa, yana X-XV asrlar orasida Mag‘rib mamlakatlarida yaratilgan eng nodir Qur’on to‘plamlaridan 25 sahifa faksimile nusxalar Islom sivilizatsiyasi markazi uchun xarid qilindi.
Manba: http://cisc.uz
Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi.
Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati