Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2024   |   23 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2024, 23 Jumadul soni, 1446

IYMONNING ALOMATI

22.03.2019   4347   7 min.
IYMONNING ALOMATI

 Rivoyat qilinadiki: Bir kuni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamo‘z sahobalariga: “Qanday tong ottirdingiz?” dedilar. Shunda ular: “Allohga iymon keltirgan holda tong ottirdik”, deyishdi. U zot: “Iymoningizning alomati nima?” dedilar. Ular: “Baloga sabr qilamiz. Mo‘l-ko‘lchilikka shukr qilamiz. Qazoi qadarga rozi bo‘lamiz”, deyishdi. Shunda Rosululloh s.a.v.: “Ka’baning Robbisiga qasamki, sizlar haqiqiy mo‘minsizlar”, dedilar. (Imom Tabaroniy rivoyati)

  Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamham va sahobalar o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan ushbu mo‘jaz suhbatga e’tibor bering azizlar. Qisqa va lo‘nda. Biroq, olinadigan foydalar bisyor.

   1) Rosululloh sollallohu alayhi vasallam erta tongda o‘z as'hoblaridan hol-axvol so‘radilar:   “Qanday tong ottirdingiz?”. Demak, erta tongda do‘stu yorlardan hol-axvol so‘rab qo‘yishlik bu Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan sunnat ekan. Xoh yuzma-yuz bo‘lsin, xoh qo‘ng‘iroq orqali bo‘lsin, erta tongda yaqinlaridan “Qanday tong ottirdingiz?”, deya ko‘ngil so‘ragan kishiga bitta sunnatni ado etgan kishiga beriladigan savob beriladi.

   2) Sahobalarning javobidagi go‘zallikni ko‘ring:  “Allohga iymon keltirgan holda tong ottirdik”. Ularning bu javoblari Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni xursand qiladigan eng yaxshi javob edi. Chunki Payg‘ambarimizning as'hoblari o‘zlari uchun berilgan ne’matlar ichida iymondan ko‘ra ortiqroq nematni  bilmas edilar. Ular  bu iymon degan ne’matga ega bo‘lishlari uchun astoydil xizmat qilgan zot ya’ni, Rosululloh  sollallohu alayhi vasallamga bu ne’matning xabarini  berib, u kishining qalblariga xursandlik kiritishni xohladilar. Qolaversa, Payg‘ambar alayhissalom uchun ularning mo‘min degan nom ostida bo‘lishlarini bilishlari katta baxt edi. Shuning uchun xech ikkilanmasdan, faxr bilan, “Allohga iymon keltirgan holda tong ottirdik”, deya javob berdilar. Demak, sizdan hol-ahvol so‘ragan kishiga hayotdan nolimasdan, eng go‘zal so‘zlarni aytib, uni xursand qiladigan javobni berish sahobalarning axloqlaridan ekan.

   3) Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning iymonning mukammal va to‘g‘ri bo‘lishligi uchun judayam haris bo‘lganliklariga e’tibor bering. Vaholanki, u zot so‘ralgan savollariga javob oldilar. O‘z as'hoblarining yolg‘on gapirmasligini ham yaxshi bilardilar. Ularning mo‘minligiga shubha qilmas edilar. Biroq, o‘z ishonchlarini qat’iy dalillar bilan tasdiqlab, hech shak-shubhasiz ishonch bildirmoq niyatida hamda qolgan ummatlariga ilm bo‘lib qolishligi uchun ushbu savolni berdilar: “Iymoningizning alomati nima?”. Har bir narsaning alomati bo‘ladi. Uni tanishlikka, aynan o‘sha narsa ekanligini tasdiqlashlikka sabab bo‘ladigan omillar, belgilar bo‘ladi. Xuddi shuningdek, mo‘minlikni da’vo qilgan kishining ham, qalbida iymoni borligini bildirib turadigan alomatlari bo‘ladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ham o‘z sahobalaridan aynan shu alomatlardan ba’zilarini so‘radilar. U zotning ushbu ishlari xuddi bobolari Ibrohim alayhissalomning ishlariga o‘xshaydi. Alloh taolo bu haqda shunday xabar beradi: “Esla, Ibrohim: “Ey Robbim, menga o‘liklarni qanday tiriltirishingni ko‘rsat”, deganda, U Zot: “Ishonmadingmi?” dedi. U ore, lekin qalbim xotirjam bo‘lishi uchun”, dedi. U Zot: “Qushdan to‘rtta olgin-da, o‘zingga tortib, kesib maydala, so‘ngra ulardan har bir toqqa bo‘laklarini qo‘ygin, keyin ularni o‘zingga chaqir, huzuringga tezlab kelurlar va bilginki, Alloh Aziz va Hakiym zotdir”, dedi. ( Baqara,260)  Ya’ni, Ibrohim alayhissalom Alloh taolo o‘liklarni tiriltira olishiga hech qanday shubha qilmas edilar. U zotning bunga ishonchlari komil edi. Shuning uchun ham Alloh taolo “Ishonmadingmi?”, deb so‘raganida: “Ore (ishondim),  lekin qalbim xotirjam bo‘lishi uchun”, dedilar. Dilda ishongan narsani, ko‘z bilan ko‘rib, Alloh taoloning qudratiga qoyil qolib, mo‘min banda o‘z Robbining mo‘jizalarini ko‘rib maza qilgandek maza qilib, ko‘ngli xotirjam bo‘lishi uchun so‘raganlar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning savollarida ham ishonchsizlik emas, balki, aynan tasdiqni kuchaytirish ma’nosi bor edi.

   Sahobalarning javoblariga e’tibor bering:

1-alomat: “Baloga sabr qilamiz”. Alloh taolo nafsimizga yoqmaydigan sinov va musibatlarni yuborgan vaqtda, jazavaga tushmaymiz. Robbimizdan bu musibatimizga ajr va mukofot berishini so‘rab duo qilamiz hamda sabr qilamiz. Chunki Alloh taolo: “Ey iymon keltirganlar! Sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! Albatta Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, (Baqara,153) degan. Qolaversa, Alloh taolo bandalarining qilgan har bir amali uchun ixlos va muhabbatiga qarab o‘ntadan yetti yuztagacha savob beradi. Biroq, sabr shunday sifatki, Alloh taolo sabr qiluvchi bandalariga beradigan ajrlarini hisoblamadi. “Hech shak-shubha yo‘qki, sabr toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur”. (Zumar,10) Robbimizning ushbu va’dalariga muvofiq biz ham balo va imtihonlarga sabr qilamiz, deya javob berdilar.

2-alomat: “Mo‘l-ko‘lchilikka shukr qilamiz”. Chunki, Alloh taolo: “...Allohga shukr qilinglar, agar Unga ibodat qiladigan bo‘lsalaringiz”. (Baqara,172) Boshqa bir oyatda esa: “...Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta sizga ziyoda qilurman”, (Ibrohim,7) degan. Robbimiz bandalariga bergan son-sanoqsiz ne’matlari evaziga ulardan hech narsa so‘ramagan. Muborak Kalomining judayam ko‘p joylarida faqatgina “Shoyadki, shukr qilsalaringiz...” deya o‘z ne’matlarini eslatgan xolos. Shuning uchun biz ham Alloh taoloning cheksiz ne’matlarini e’tirof qilgan holda U Zotga shukr qilamiz, deyishdi.

3-alomat: “Qazoi qadarga rozi bo‘lamiz”. Ya’ni, Alloh taolo bizga musibat bergan paytda ham, ne’mat bergan paytda ham, hayotimizda qanday hodisalarga duch kelishimizdan qat’iy nazar Robbimizga noshukrlik qilmaymiz, U Zotning taqsimotiga norozilik bildirmaymiz. Bizga bergan har bir kunini yo jazo va yo mukofot, yo balo va yo sinov deya qabul qilamiz, dedilar.

   Sahobalaridan ushbu javoblarni eshitgandan so‘ng Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ka’baning Robbisiga qasamki, sizlar haqiqiy mo‘minsizlar”,  dedilar. Har bir so‘zi rost bo‘lgan, har bir tasdig‘i hujjat bo‘lgan zot Allohni nomiga qasam ichib, ushbu sahobalarning haqiqiy mo‘min ekanligini tasdiqlamoqdalar.

   Ha, azizlar, bu bejiz emas, albatta. Sahobalar hujjat qilgan bu uch sifat iymonning eng katta alomatlari edi. Chunki, bu dunyodagi jamiki razillik va jinoyatlar, Alloh taologa qilinadigan ma’siyat va gunohlar, insonlarning o‘rtasida kelib chiqadigan barcha ziddiyatlar aynan mana shu uch sifatning yo‘qolib ketayotganidan kelib chiqmoqda.

   Alhamdulillah, hammamiz mo‘minlikni da’vo qilamiz. Demak, biz ham iymonimiz borligini mana shu uch go‘zal sifat orqali isbotlab qo‘yaylik.

Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi “Mevazor” masjidi imom noibi: Islomov Yorbek.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Farzandimiz yosh, katta bo‘lgach o‘qir

23.12.2024   1479   3 min.
Farzandimiz yosh, katta bo‘lgach o‘qir

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

أَلْعِلْمُ فِى الصِّغَرِ كَالنَّقْشِ فِى الْحَجَرِ

Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir.

Ilm olish uchun eng afzal davr bu insonning yoshlik chog‘idir. Chunki yoshlikda bolaning xotirasi kuchli bo‘ladi. Bu vaqtda olingan ilm bola xotirasida uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Shuningdek, yoshlikda har xil tashvish va yumushlardan uzoq bo‘lgan bolaning fikri faqat o‘qishda bo‘lib, natijada u ilmni yaxshi o‘zlashtiradi. Katta bo‘lib, ishlari ko‘paygach, fikri bo‘linadi yoki ilm olishga vaqt ajratolmay qoladi.

Afsuski, aksariyat bolalar ayni ilm olish payti kelganda ham o‘yin-kulgi va bekorchi mashg‘ulotlar bilan ovora bo‘lib yuraveradilar. Ota-onalari ham: “Hali farzandimiz yosh, katta bo‘lgach o‘qir”, deya bunga beparvo qaraydilar. Aslida bola taxminan 3-4 yoshlarida xotirasi eng yaxshi ishlaydigan davr bo‘ladi. O‘sha paytdan boshlab, bolani sekin-asta ilmga jalb qilish yaxshi natija beradi.

So‘zimizni dalili sifatida bir misol keltiramiz. Mashhur alloma bobomiz Abu Ali ibn Sino 4 yoshida Qur’oni karimni to‘liq yod olgan. Bundan tashqari, tarix, falsafa, tibbiyot, mantiq va boshqa fanlarni chuqur o‘zlashtirgan. O‘n sakkiz yoshigacha hayotida kerak bo‘ladigan barcha ilmlarni mukammal o‘rganib, mashhur olim, tabib darajasiga ko‘tarilgan. Bundan kelib chiqadiki, ota-onalar farzandlarini yoshlik davridan unumli foydalanib, kerakli ilmlarni egallashlari uchun qulay sharoitlarni ta’minlab berishlari lozim.

 

مَنْ لَمْ يَتَعَلَّمْ صَغِيرًا لَمْ يَتَقَدَّمْ كَبِيرًا

Kim yoshlik chog‘ida ilm olmasa, katta bo‘lganida yuksalmaydi.

Ushbu maqolni ikki xil ma’noda tushunish mumkin:

1. Kim yoshlik chog‘ini g‘animat bilib, ilm egallamasa, katta bo‘lganida bunga iloj topa olmaydi. Kishining yoshi keksaygan sari uning xotirasi pasayishi ham bor haqiqat.

2. Kim yoshligida ilm olmasa, katta bo‘lganida biron pog‘onaga ko‘tarila olmaydi, insonlar orasida ham eng keyingi o‘rinda turadi, chunki uning ilm-ma’rifati yo‘q. Ilm insonni yuksaltiradi va ravnaq topishiga yordam beradi. (Lekin, o‘rni kelganida shuni ham aytib qo‘yish lozimki, ilm faqat biron martabaga erishish uchungina o‘rganilmaydi).

 

يُطَيَّبُ القَلْبُ لِلْعِلْمِ كَمَا تُطَيَّبُ الأَرْضُ لِلزِّرَاعَةِ

Yer ekin ekish uchun tozalangani kabi qalb ham ilm uchun tozalanadi.

Ilmning makoni qalbdir. Ma’lumki, ilm ezgulik va nurdir. Kishi ilmni puxta egallash uchun qalbini turli xil ma’naviy illatlar, jumladan kibr, hasad, gina, kudurat, g‘iybat va shu kabilardan tozalashi lozim. Ushbu kamchiliklar bor qalbga ilm yaxshi o‘rnashmaydi, tezda unutiladi yoki biron manfaat keltirmaydi. Shuning uchun ilm olishga kirishayotgan kishi birinchi navbatda qalbini tozalashi, so‘ngra yaxshi niyat bilan ilm tahsliga o‘tishi kerak.

Bola yoshligida xotirasi kuchli, qalbi toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bunday paytda olingan ilm har taraflama pishiq va mustahkam bo‘ladi. Demak, ota-onalar bu borada mas’uliyatliroq bo‘lsalar, farzandlarining kamolga yetib, olim bo‘lib, dini va yurtiga foydasiga tegadigan chin inson bo‘lishida hissa qo‘shgan bo‘ladilar.

 

Odilxon qori Ismoilov

 

Maqolalar