Bugun, 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariTatariston Respublikasiga xizmat safarlari davomida Bulg‘or Islom akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif chog‘ida Bulg‘or Islom akademiyasidatashkil etilgan shart-sharoitlar, ta’lim berish shakllari, kutubxona, namozxona faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi bilan Bulg‘or Islom akademiyasi vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish borasida davra suhbati o‘tkazildi.
Ma’lumki, 1080 yildabulg‘or olimi Yoqub ibn No‘mon tomonidan bilimlar uyi, zamonaviy til bilan aytilganda universitet ochilgan. U o‘sha paytda talab kuchli bo‘lgan hanafiy fikhi va huquqining markaziga aylangan. Ushbu ma’rifat markazini Bulg‘or Islomakademiyasi shaklida qayta tashkil etilishi – nafaqat Rossiyada, balki undan tashqarida ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Bulg‘or Islomakademiyasi o‘z eshiklarini ilmni yaxshi ko‘radigan, unga intiladigan, mazkur ilmlarni musulmonlar foydasiga sarflashni ko‘zlagan barcha uchun ochiq. Ushbu akademiyada o‘zbekistonlik talabalar ham tahsil olishmoqda.
Safar jarayonlarini saytimiz orqali kuzating.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun 2025 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Vatan" tantanalar majmuasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, islom dini ezgulik, tinchlik va insoniylik dini ekani, fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni to‘g‘ri tushuntirish, yurtimiz tinchligini asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikrlar bildirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati