Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ayollar jazoni ijro etish muassasasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
”Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan tashkil etilgan muloqotda fond mas’ullari, nashriyot sohasi xodimlari, san’atkorlar, mahkum ayollar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorligini rivojlantirish, jamiyatda tutgan mavqeyini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara berayotgani ta’kidlangan.
Ayniqsa, ijtimoiy og‘ir vaziyatdagi ayollarga tibbiy, moddiy va huquqiy jihatdan yordam ko‘rsatish, jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan ayollarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani alohida qayd etildi.
Tadbirda “Hilol nashr” nashriyoti va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahkumalarga 130 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.
“So‘g‘diyona” o‘zbek davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA