Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetlardan birining kirish joyiga mana bu ogohlantirish yozib qo‘yilgan ekan:
«Har qanday xalqni xonavayron qilish uchun yadro bobmalari yoki uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalarga hojat yo‘q. Balki ta’lim sifatini pasaytirib, talabalarga yolg‘onga, shpargalkaga ruxsat berilsa, kifoya.
O‘qishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan shifokorning qo‘lida davolanish kurslarini o‘tagan bemor o‘ladi.
O‘qishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan muhandisning chizmasi asosida qurilgan uylar, binolar qulab tushadi.
O‘qishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan hisobchining qo‘lida pullar yo‘qoladi.
O‘qishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan sudyaning qo‘lida adolat zoye bo‘ladi.
O‘qishni pul va shpargalka bilan bitirib, diplom olgan muallimning qo‘lida ta’lim olgan o‘quvchilarning miyasiga jaholat yoyilib ketadi.
Ta’limning tanazzuli — xalqning tanazzulidir».
Nozimjon Iminjonov tarjimasi