Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Fevral, 2025   |   14 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:21
Peshin
12:42
Asr
16:12
Shom
17:57
Xufton
19:11
Bismillah
13 Fevral, 2025, 14 Sha`bon, 1446

Buxorodagi tarixiy obida XVII asr holatiga qaytarildi

5.03.2019   2841   2 min.
Buxorodagi tarixiy obida XVII asr holatiga qaytarildi

Bismillahir rohmanir rohim 

Tarixan qisqa davr ichida, mustaqillik yillarida o‘z kuchimiz va salohiyatimizga tayangan holda muqaddas qadriyatlarimizni, tilimiz va dinimizni qayta tiklab, bugungi kunda har sohada mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib borayotgan erkin, demokratik davlatga aylandik.

Allohning fazli bilan xalqimizning ma’naviyati va milliy qadriyatlari qayta tiklandi. Bugungi kunga nazar tashlasak, poytaxtimiz, barcha viloyat hamda shaharlarda, qishloqlarimiz, hatto yurtimizning chekka hududlarida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berayotganiga guvoh bo‘lamiz. Yurtimizdagi barcha tarixiy obidalarimiz, masjidlar va madrasalar qayta ta’mirlanmoqda.

Jumladan, diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari yaratilgan va sayqal berilgan zamin Buxoro viloyatining “Jo‘ybori Kalon” o‘rta maxsus islom bilim yurti kirish qismi, darvozaxonasi va peshtoqi XVII asr holatiga qaytarildi.

Bilim yurti darvozaxonasi bezaksiz holatda edi. Hozirda kirish qismi peshtoqining bezaklari bahor gullari rangiday koshin bilan parchinkoriy qilindi.  

Mashhur ganchkor usta Baxtiyor Hamroyev o‘zining shogirdlari bo‘lmish usta Amin bilan birgalikda islimiy va geometrik naqshlar asosida guldastalar, oq, ko‘k, zangori rangli sirkor bezaklar bilan mohirona ijod qilishdi. Naqshlarning yanada mukammal, jozibador bo‘lishiga o‘zlarining bebaho hissalarini qo‘shishdi.

Bilim yurti jamoasi XVI - XVII asrlarda madrasaning me’moriy bezaklari, rangtasviri, jozibali me’morchilik san’ati qanday yuksak e’tiborga ega ekanligi haqida umumiy tasavvur va tushuncha hosil qildilar.

Ota-bobolarimiz qurdirib, bizga meros qoldirgan obidalarni ta’mirlab asrash barchamizning burchimizdir.

 

Rohat Muhammadshoyeva,

Jo‘ybori Kalon o‘rta maxsus Islom bilim yurti

ma’naviyat va ma’rifat ishlari mudir o‘rinbosari

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Har bir murojaat e’tibor markazida

12.02.2025   4219   1 min.
Har bir murojaat e’tibor markazida

Shu yil 12 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladilar.


Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.


Bugungi qabul davomida Andijon, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.


Ana shunday qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida