Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlik borasida olib borayotgan amaliy ishlari natijasida barcha sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekistonda Qozog‘iston yili munosabati bilan ushbu mamlakatda faoliyat olib borayotgan "Uaqip" (Vaqf) fondi rahbari joriy yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi.
"Uaqip" Qozog‘iston fondining prezidenti Qayrat Azimovni "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov kutib oldi. Ikki tomon o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda fondlar tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, loyihalar xususida fikr almashildi. O‘zaro hamkorlikning yo‘nalishlari belgilab olindi.
Tashrif davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, mamlakatimizda "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida ko‘plab o‘ksik ko‘ngillarga shodlik olib kirilmoqda.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati