«Menga duo qiling va sizga ijobat qilurman... »
(G‘ofir surasi, 60-oyat).
Duo so‘zi arabchadan tarjima qilganda - iltijo, so‘rash, chaqirish, tilash, istash kabi ma’nolarni anglatib, bandaning Alloh taologa eng yaqin va eng maqbul holati hisoblanadi. Fuqaholar duoni ham ibodat sanashadi.
Har kuni Alloh taolo huzuriga biz bandalar tomonidan qilingan milliardlab duolar ko‘tariladi. Ammo, bazida ko‘pchiligimiz «nega duolarim qabul bo‘lmayapti?» deya kuyunib, siqilib, sabablarini qidira boshlaymiz. Ulamolar, bandaning duosi Alloh taolo huzurida qabul bo‘lishining ham duo qilishning bir nechta qoidalarini keltirib o‘tishgan:
Quyidagi insonlarning duosini g‘animat bilib, ulardan duo olishga shoshilish lozim:
Shuningdek mazlumlar duosidan ehtiyot bo‘lish lozim. O‘zi uchun o‘lim va boshqa balolarni so‘rab duo qilish ham aslo mumkin emas.
Yana, Farzand va ahliyalarining ziyoniga ham duo qilish, ya’ni qarg‘ash yaxshi emas. Shunday insonlar borki hatto unga zulm qiluvchilarni ham qarg‘ab duo qilishmaydi. Chunki zolimdan chekilgan aziyat bu dunyoda og‘ir bo‘lsa-da, oxiratda kishi foydasigadir.
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) Bahrayn adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Vazir muloqot avvalida O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlarning Islom tamadduniga hissa qo‘shgan hissasini, mamlakat tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, yosh kelajak avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tahsinga sazovor ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, al-Xorazmiy, Farobiy, Zamaxshariy kabi Islom olamida yuksak obro‘-e’tibor topgan olimlarning merosi dunyo musulmonlarining umumiy boyligidir.
– So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun Islom ummatiga xizmat qilmoqda. Bahrayn Islom merosini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tomoni bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilmiy izlanishlarni birgalikda amalga oshirishga tayyor", – dedi adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida.
Muloqot chog‘ida Toshkent shahrida barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida Bahrayn delegatsiyani ishtirokini ta’minlash, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ikki mamlakat ilmiy markazlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida adliya, Islom ishlari va vaqf sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda ilmiy-amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida mas’ul xodim tayinlash taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati