Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447

Pingvinlar hayotidan ibrat

11.02.2019   4045   4 min.
Pingvinlar hayotidan ibrat

Yer sharining janubiy qutbida joylashgan Antarktidaning tub “aholi”si – dunyodagi eng yuvosh va yoqimtoy jonzotlar bo‘lmish pingvinlar yashaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, pingvinlar qish fasli kelishidan oldin qit’aning har tarafidan bir tomonga qarab harakatlanar ekan. Chunki ular ketayotgan tarafda katta jamoa yig‘iladi. Pingvin shu ketishda bir necha hafta davomida, yuz kilometrdan ortiq yo‘l bosadi. U bu safarini gohida ikki oyoqda yurib, gohida esa qorni bilan muzda sirpanib davom ettiradi. Safarning so‘nggida esa katta maydonda bir necha yuz mingga yaqin pingvinlar to‘planadilar.

Xo‘sh, buning sababi nima?

Sababi shuki, bu hududda jajji pingvinchalar tuxumdan yorib chiqadi, shuningdek, ushbu maydon pingvinlarning qishlash joyi hisoblanadi. ammo ular bosib kelgan yo‘l mashaqqati qiyinchilikning boshlanishi edi.

Gap shundaki, ona pingvinlar tuxum qo‘yishlari bilanoq qishning izg‘irinli kunlari boshlanib ketadi. Qishda bu maydonda havoning harorati - 50° darajadan ancha pastga tushib ketadi. Shu bilan birga bunday sovuq havoda shamolning tezligi ham juda yuqori bo‘ladi. Bunday sovuqda tuxumlar va undan chiqqan jo‘jalar muzlab, halok bo‘lishi mumkin. Nar pingvinlar o‘z modasi qo‘ygan tuxumni oyoqlari orasiga qistirib, yumshoq patlari bilan muhofaza qiladi. Bu paytda ona pingvinlar ov qilish uchun dengizga yo‘l oladilar. Otalar esa tuxumni ehtiyotlash uchun mas’uliyatni o‘z bo‘ynilariga oladilar. Tasavvur qiling, kuchli izg‘irinda tuxum bir muddat yerga, aniqrog‘i muzga qo‘yilsa yoki ota pingvin harakatlanmasa, o‘sha ondayoq muzlaydi. Shuning uchun ota to‘xtovsiz ravishda yurib, tuxumning muzlab qolmasligi uchun harakat qiladi. Nar pingvinlar to‘rt oyga yaqin vaqt davomida hech narsa yemaydi va ichmaydi.

Bahor kelishi bilan tuxumlar ichidan polaponlar chiqishadi, ammo kichkintoylar otalarining pinjilarini tark etishmaydi.

Polaponlar nima bilan oziqlanadi?

Qiziqarli tomoni shundaki, bir necha oy och yurgan otalar o‘zlari qiynalsada, kichkintoylari uchun jig‘ildonlarida taom saqlab qo‘ygan bo‘ladilar. Pingvinchalar o‘sha taom bilan oziqlanadi. Bunday fidoiylik va mehrni qayerda ko‘rgansiz?

Bu vaqtga kelib, ona pingvinlar dengizdan qaytib keladilar. Ular o‘tgan oylar davomida g‘amlagan ozuqalarini keltiradilar va polaponlarini o‘sha ozuqa bilan boqadilar. Onalar kichkintoylarni juftlaridan qabul qilib olgach, ov safari navbati otalarga o‘tadi. Otalar ham qorinlarini to‘ydirganlaridan so‘ng darhol ortga qaytib, ona pingvin bilan birgalikda farzandlarini ulg‘aytiradilar.

Qisqa muddatdan so‘ng kichkintoylar ham yetilib, mustaqil harakatlana boshlaydilar. Mazkur holat bashariyatga ibrat bo‘ladigan mo‘jizadir.

Biz tilga olgan ongsiz bir mavjudot insonlar orasidagi ba’zi kimsalar uchun dars bo‘ladigan voqelikdir. Chunki dunyoda ko‘chalarda och-nahor, uysiz va qarovsiz yashayotgan norasidalar hamon bor ekanligi hech kimga sir emas. Nodon ota-onaning o‘ylamay qilgan xatosi oqibatida qarovsiz tirik yetimga aylanayotgan yoki besamar urushlar va turli to‘qnashuvlar natijasida ochlikdan, kasalliklardan, suvsizlik va qahratondan halok bo‘layotgan nochor go‘daklar haqida eshitganimizda, chegarasiz muzliklar bag‘rida birgina bolasini asrash uchun oylab och-nahor qorli bo‘ronlarga dosh berayotgan aqlsiz jonzotlarning xatti-harakati odamni o‘yga toldiradi.  

Xo‘sh, mazkur pingvinlarga bu qadar bolasi uchun jonkuyarlik, mehr-shafqat, yaxshilikni ilinish, mashaqqatlarga bardosh berishni kim o‘rgatdi?

Albatta, Rohman, Rohiym bo‘lgan Alloh azza va jalladir!

Zero, Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: 

قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَا مُوسَى  قَالَ رَبُّنَا الَّذِي أَعْطَى كُلَّ شَيْءٍ خَلْقَهُ ثُمَّ هَدَى

«U: «Ey Muso, ikkovingizning Robbingiz kim?» dedi. U: «Bizning Robbimiz har narsaga o‘z yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan zotdir», dedi» (Toho surasi, 49-50-oyatlar).

Unutmang! Alloh taolo yaratgan maxluqlari borasida tafakkur qilish Uni tanish, U haqida ma’rifat hosil qilishning eng qisqa yo‘lidir.

Alloh taolodan ushbu o‘qiganlarimizni U haqidagi ma’rifatimiz ziyoda bo‘lishiga, ibodatiga rag‘batimiz oshishiga va farzand tarbiyasiga jiddiyroq e’tibor berishimizga sababchi qilishini so‘raymiz.

Farzandlarimizga mehr berishni o‘rgataylik!

 

 

Doktor Muhammad Rotib Nabulsiyning mav’izalari asosida

Nozimjon Iminjonov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bular Alloh uchun, men uchunchi?

01.08.2025   11303   1 min.
Bular Alloh uchun, men uchunchi?

حدثنا العباس الدوري نا يعلى بن عبيد نا موسى هو الجهني عن مصعب بن سعد عن أبيه قال: جاء أعرابي النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: يا رسول الله: علمني كلاما أقوله قال :”قل لا إله إلا الله وحده لا شريك له الله أكبر كبيرا والحمد لله كثيرا وسبحان الله رب العالمين لا حول ولا قوة إلا بالله العزيز الحكيم“. قال: هؤلاء لربي فما لي قال: قل:  اللهم اغفر لي وارحمني واهدني وارزقني.

 

Mus’ab ibn Sa’d otasidan rivoyat qiladi: “Bir a’robiy Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning oldilariga kelib: “Ey, Allohning Rasuli, menga bir kalimani o‘rgating, men uni aytib yuray”, dedi.

Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, Allohu akbar kabiyro, valhamdulillaahi kasiyro, subhaanallohi Robbil ’aalamiyn, laa havla va laa quvvata illaa billaahil ’aziyzil hakiym”, deb ayt! dedilar.

U: “Bular Alloh uchun, men uchunchi?” dedi. “Allohummag‘firliy, varhamniy, vahdiniy, varzuqniy”, degin”, deb aytdilar”.

 

Kalima va duoning ma’nosi: Yolg‘iz Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi yo‘q. Alloh buyukdir, eng buyukdir, Allohga ko‘p hamd bo‘lsin. Olamlar Robbi pok deb yod etaman. Kuch ham, quvvat ham faqat Azizu Hakim Alloh bilandir.

Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni hidoyatga boshla va menga rizq bergin.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi