Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyun, 2025   |   29 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
25 Iyun, 2025, 29 Zulhijja, 1446

Biz siz bilan birgamiz

09.02.2019   2968   2 min.
Biz siz bilan birgamiz

Avvalroq xabar qilganimizdek, 2019 yilning 17 yanvar kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 300 dan ziyod eshitish va gapirish qobiliyati cheklanganlar bilan diniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilgan edi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgandi.

Ana shu xayrli tadbir so‘ngida viloyatimizning tuman va shaharlarida manzilli tarzda shunday suhbat kechalarini tashkil etishga kelishib olingan edi. Rejaga muvofiq tadbirlarning dastlabkisi Chirchiq shahri, Qibray va Bo‘stonliq tumanlari uchun Chirchiq shahridagi “Markaziy” jome masjidida joriy yilning 24 yanvar kuni o‘tkazilgandi.

Bugun – 2019 yilning 7 fevral kuni – boshlangan ezgu ishning davomi o‘laroq manzilli diniy-ma’rifiy tadbir Angren, Ohangaron va Olmaliq shahri, Ohangaron, Piskent tumanlari uchun Olmaliq shahridagi “Ramazoni sharif” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiyeva, Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi K.Umaraliyeva, “Oila” ilmiy-amaliy markazi rahbari B.Tangirovalar ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov kirish so‘zi bilan ochib berdilar va yig‘ilganlarga Islom, uning arkonlari, qirq farz, ota-onaga yaxshilik qilish, qo‘shnichilik munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Shundan so‘ng, masjidga tashrif buyurgan eshitish va gapirish qobiliyati cheklanganlarning muammolari tinglandi, fikr-mulohazalari o‘rganildi. Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning mehnat qilish, uy-joy, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq masalalarini yechishga yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 3 nafar kam ta’minlangan, eshitish va gapirish qobiliyati cheklanganlarning nikoh to‘yini o‘tkazib berishga kelishib olindi.

Tadbir so‘ngida homiylar tomonidan tashrif buyurgan 80 nafar eshitish va gapirish qobiliyati cheklanganlarga 4 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

Diniy-ma’rifiy tadbir xayrli duolar, ezgu istaklar, ishtirokchilarning qalbidagi quvonch va yuzlaridagi tabassum bilan yakunlandi.

 

 

 

Manba: http://fitrat.uz

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qiyomat kuni dahshatli emas!

25.06.2025   1402   1 min.
Qiyomat kuni dahshatli emas!

Qiyomat kuni ba’zilar o‘ylaganidek dahshatli emas, balki u Kun ahdiga sodiq bo‘lgan va o‘sha Kun uchun amal qilganlar uchun ajoyib va go‘zal kun bo‘ladi: “Ularni buyuk dahshat mahzun qilmas” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular qayta tirilganlarida  va farishtalar ularni kutib turganini ko‘rganlarida, u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Farishtalar ularni: «Bu sizlarga va’da qilingan kuningizdir», – deya kutib olurlar” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular shodlikdan butun olamga jar solganda u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!” (Haaqqo surasi, 19-oyat).