Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Yanvar, 2025   |   14 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:36
Shom
17:21
Xufton
18:39
Bismillah
14 Yanvar, 2025, 14 Rajab, 1446

Nishonga urilgan gaplar: “Ey, Robbim! Meni va ota-onamni mag‘firat etgin!” degan duoni ko‘p qiling!”

7.02.2019   3968   3 min.
Nishonga urilgan gaplar: “Ey, Robbim! Meni va ota-onamni mag‘firat etgin!” degan duoni ko‘p qiling!”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

*****

“Ey, Robbim! Meni va ota-onamni mag‘firat etgin!” degan duoni ko‘p qiling! Chunki, bu duo o‘zida uchta ibodatni jamlaydi:

- duoni;

- ota-onaga yaxshilikni;

- istig‘forni.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

  • Kim aybsiz do‘st xohlasa, yolg‘iz yashaydi.
  • Kim nuqsonsiz juft xohlasa, bo‘ydoq yashaydi.
  • Kim muammolarsiz qadrdon xohlasa, o‘shanday qadrdonni izlab o‘tadi.
  • Kim komil qarindosh xohlasa, qarindoshlaridan aloqani uzgan holda yashaydi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Agar «Devorning ham qulog‘i bor» degan maqolni «Farishtaning qalami bor» degan gapga almashtirsak, odamlardan emas, Alloh taolodan qo‘rqib, gunohdan tiyiladigan va Uning O‘zidan umid qiladigan avlod yetishib chiqqan bo‘lardi.

«Xovatir roqiya jurnali»

*****

  • Ulamolarning yonida aqling bilan o‘tir.
  • Rahbarlarning yonida ilming bilan o‘tir.
  • Do‘stlarning yonida odobing bilan o‘tir.
  • Oila a’zolaring yonida mehring bilan o‘tir.
  • Nodonlarning yonida halimliging bilan o‘tir.
  • Har bir joyning munosib gapi bor.

«Xovatir roqiya jurnali»

*****

  • Oqila ayol eriga aytadigan har bir gapiga shakar qo‘shib gapiradi.
  • Oqila ayol eriga aytadigan har bir gapidan tuzni olib tashlab gapiradi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

To‘rt kishi borki, ularni hayotingda yo‘qotib qo‘yishdan ehtiyot bo‘l:

  1. G‘azablanganingda sening gap-so‘zlaringga chidagan insonni;
  2. Yo‘qligingda seni g‘iybat, haqorat va boshqa narsalardan himoya qilgan insonni;
  3. Siqilgan paytingda seni xursand qilishga uringan insonni;
  4. Mag‘lub bo‘lganingda senga yordam bergan insonni.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

BЕSh TOIFA ODAM UYLANISHGA, OILA QURISHGA YAROQLI EMASLAR:

  1. DINDORLIGI KAM.
  2. AXLOQSIZ.
  3. BAXIL.
  4. AYOLLARGA KO‘Z OLAYTIRADIGAN.
  5. FЕ’L-ATVORI, XARAKTЕRI YOMON.

“XOVATIR ROQIYA JURNALI”

*****

Faqirlar boylardan ko‘ra ko‘proq qo‘li ochiqroq, saxiyroq bo‘lishadi. Chunki, ular ehtiyoj sezgisi nimaligini juda yaxshi bilishadi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

- Menga jannatning ne’matlarini vasf qilib ber, dedi.

- U yerda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam borlar, dedi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Hayotingdagi muhim shaxs - sen uning borligini his qiladigan emas, balki, sen uning yo‘qligini his qiladigan shaxsdir.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Ey Robbim! Bizni rahmat nazaring bilan qarab, rahm qilgan, duolarini eshitib, ijobat qilgan bandalaringdan ayla!

Ey Robbim! Bizni, shukridan ojiz qoladigan ne’mat bilan rizqlantir! Bizni, sabridan ojiz qoladigan musibat bilan imtihon qilma!

«Xovatir roqiya jurnali»

*****

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bizdan faqat yaxshilik qoladi

13.01.2025   3250   1 min.
Bizdan faqat yaxshilik qoladi

Vafot etishingiz bilan dastlab nomingiz odamlar yodidan ko‘tariladi. G‘assol kelsa: “Mayit qayerda” – deydi. Mansabingizni ham, nasabingizni ham va hatto ismingizni ham so‘ramaydi. Janozangizni o‘qishdan oldin Imom: “Marhumning yoshi nechchida edi?” – deydi. Mansabingiz ham, nasabingiz ham va hatto nomingiz ham zikr qilinmaydi. Keyin: “Tobutni ko‘taringlar!” – deyiladi. Bunda ham na mansabingiz, na nasabingiz va na nomingiz eslanadi. Hayotda tez unutilasiz, shunchaki xotiraga aylanasiz. Esingizdan chiqarmang, hamma narsa o‘tkinchi sizdan faqat yaxshilik qoladi xalos..!

Xulosa shuki, bugun sizu bizga ALLOH tomonidan umr berildi. Bugun yangi tong otdi. Siz uyg‘ondingiz, buning uchun ALLOHga hamd aytishni unutmang. Dunyoning qaysidir burchagida qanchadan-qancha odam bugun uyg‘onmadi. 

Avvalo, yoningizda bo‘lishsa, ota-onangizning hollaridan xabar oling, yoningizda bo‘lishmasa telefon orqali avhol so‘rang. Har kuni ko‘chaga chiqishingizdan avval ALLOH nomini zikr qiling, hamd aytib, ota-onangizni duolarini oling. ALLOH kasbingizga molingizga rizqingizga, albatta, baraka beradi, inshaalloh. Agar bu olamdan o‘tgan bo‘lsalar haqlariga ko‘p-ko‘p duolar qiling. Shunda ham ularning haqlarini ado eta olmaysiz. 

ALLOH bergan va berayotgan barcha ne’matlarni qadriga yetaylik! 

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar