Rivojlanish sur’ati va texnika mo‘jizalari bilan olamni hayratga solayotgan yaponlar: “Biz avvalo yolg‘onni yo‘qotdik”, – deyishar ekan. Chunki, ular yolg‘onning jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘dirishini anglab yetgan edi.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmida yapon olimlari hech qanday yer osti va yer usti tabiiy boyliklarisiz faqatgina inson “kapital”iga ega bo‘lgan davlatni qanday qilib shiddat bilan rivojlantirish ustida bosh qotiradi. Bir guruh olimlar inson qobiliyati va iqtidorini rivojlantiruvchi omillarni shakllantirish ustida bosh qotiradi va shunday xulosaga keladi: “taraqqiyot va rivojlanish yo‘lidagi eng katta to‘siq bu YOLG‘ON va uning barcha ko‘rinishlaridir”. Natijada, yaponlar avvalo yolg‘ondan voz kechadilar va taraqqiyot sari eng ulkan qadamni tashlaydi.
Germaniyaning nufuzli Xalle-Vittenberg universitet olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yolg‘on faqatgina jamiyat va axloqqa tegishli salbiy holat bo‘libgina qolmasdan inson salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug‘dirar ekan. Xo‘sh qanday?
2.Muttasil yolg‘on gapirgan odamning oshqozonida qizarish va salbiy o‘zgarishlar ro‘y berib oshqozon osti bezida pankretik oqim buzilishi xavfi ortadi.
3.Inson yolg‘on gapirayotgan vaqtida yurak urushi oddiy holatdan ko‘ra bir necha marotabaga ortar ekan. Bundan tashqari yolg‘onchilarning ruhiyatidagi fosh bo‘lishdan hadik va qo‘rquv yurak qon tomirlari qisqarishi va sirkulyatsiya buzilishiga olib keladi.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqsak yolg‘onchilarda quyidagi kasalliklar paydo bo‘lish xavfi kuchli:
Xo‘sh, shunchalik inson salomatligiga katta salbiy tasir ko‘rsatuvchi yolg‘on o‘zi nima? O‘zbek tilining izohli lug‘atida “yolg‘on” so‘zi – “haqiqatga zid, uydirma, chin emas, soxta, qalbaki” kabi tushunchalar orqali izohlangan. Turkiyda “o‘truk”, forschada “firib”, arabchada “kizb” kalimalari ham aynan shu ma’noda bo‘lib, lug‘at kitoblarida bu so‘zlarga “voqe’likdagi narsaning xilofini xabar berish” deya ta’rif yozilgan.
Hozirgi kunda ko‘pchilikka yaxshi tanish “aldamchi, firibgar, ayyor, hiylagar, nayrangboz, tovlamachi, qallob” kabi so‘zlarning ham “haqiqatga zidlik, voqelikning xilofini xabar berish, borni yo‘q, yo‘qni bor qilib ko‘rsatish” ma’nolari bor. Shuning uchun mazkur lafzlar nutqimizda “yolg‘onchi” degan so‘zning ma’nodoshi sifatida keng qo‘llanadi.
Yolg‘on katta gunohlar jumlasidan bo‘lib, bu amalni sodir qilgan kishi dinimizda qattiq qoralanadi. Do‘zaxga eltuvchi bu gunohi kabiraning dahshatini janobi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday bayon qiladilar: “Rost so‘zda xatar ko‘rsangiz ham, rost so‘zlang! Najot rost so‘zdadir. Yolg‘on so‘zda najot ko‘rsangiz ham, yolg‘on gapirmang! Xatar yolg‘on so‘zdadir”.
Ba’zilar suhbatdoshlarini o‘ziga jalb qilish uchun yolg‘on ishlatadi. Ular nochor va past insonlardir. Ulamolar “yolg‘on gapirgandan ko‘ra tilsizlik yaxshidir” deya ta’kidlab bu illatning naqadar jirkanch ekanligini ta’kidlaganlar. Ba’zilar dushmanidan o‘ch olish maqsadida yolg‘on gapiradi. Yolg‘onni dushmaniga qarshi qurol qiladi. Bo‘lmagan qabihliklarni to‘qib, dushmaniga yopishtiradi. Shuning uchun dinimizda kishining dushmaniga qarshi guvohligi rad qilingan.
Yolg‘onchilik barcha yomonliklarning manbai, hamma razilliklarning asli, oqibati baxtsizlik, samarasi tubanlik bo‘lgan gunoh. Yolg‘ondan tuhmat, tuhmatdan nafrat, nafratdan dushmanlik kelib chiqadi. Dushmanlik bor joyda tinchlik va rohat bo‘lmaydi.
Yolg‘onchilik shaxs va jamiyatga mana shunday ziyonlar keltirishi bois ham dinimizda harom qilingan. Safvon ibn Sulaym bunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan so‘rashdi:
Ul zot “ha” deb javob berdilar
Ul zot “ha” deb javob berdilar
Ul zot “YO‘Q” deb inkor qildilar.
Yolg‘onchilikning bu dunyodagi eng og‘ir oqibatlaridan biri bu Alloh taoloning nazaridan qolish va hidoyatidan benasib bo‘lishdir. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
“Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas” (Zumar surasi, 3).
“Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas” (Fofir surasi, 28).
Ya’ni, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsani hidoyatiga muvaffaq qilmaydi, haq dinga yo‘llab qo‘ymaydi.
Endi “Nahl” surasining 105 oyatiga e’tibor bersak:
“Yolg‘on so‘zlarni ham faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina to‘qirlar. Ana o‘shalar yolg‘onchidirlar” .
Mazkur oyatda Alloh taolo qanday kimsalar yolg‘on gapirishini ta’kidlamoqda. Ya’ni, yolg‘onni Allohga va oyatlariga iymon keltirmagan kimsagina to‘qiydi. Chunki u azobga duchor bo‘lishidan qo‘rqmaydi. U haqiqiy yolg‘onchidir. Yolg‘on gapirish ulkan jinoyat bo‘lgani bois, mo‘min unga yaqinlashmaydi.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Rostgo‘ylikni mahkam tutinglar. Zero, rostgo‘ylik ezgulikka yo‘llaydi, ezgulik esa jannatga boshlaydi. Kishi rost gapirish va rostgo‘ylikka intilishda davom etaveradi, natijada Alloh huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar. Zero, yolg‘onchilik fojirlikka (gunohkorlikka), fojirlik esa do‘zaxga boshlaydi. Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishda davom etaveradi, nihoyat Alloh huzurida yolg‘onchi deb yoziladi”, dedilar” (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Munofiqning alomati uchta: gapirsa yolg‘on gapiradi, va’da bersa, ustidan chiqmaydi, omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi” (Muttafaqun alayh).
Yana bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Odamlarni kuldirish uchun yolg‘on gapiradigan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin” (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).
Hadisi shariflardan birida: “Mo‘minning tabiatida xiyonatkorlik va yolg‘onchilikdan tashqari har qanday xislatga moyillik bo‘lishi mumkin”, deyilgan (Bazzor, Abu Ya’lo rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgan ekanlar: “Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishdan to‘xtamaydi, nihoyat uning qalbida qora dog‘ paydo bo‘ladi. Borib-borib qalbi batamom qorayadi va Alloh nazdida yolg‘onchilardan deb yoziladi”.
Yolg‘on qasam ichish esa yolg‘on gapirishdan ham yomonroqdir.
Alloh taolo yolg‘on qasam ichuvchi munofiqlar haqida xabar berib O‘z kalomida bunday deydi:
“Yana ular (o‘zlarining munofiq ekanliklarini) bilib turgan hollarida (“bizlar musulmonlarmiz” deb) yolg‘on qasam ham ichurlar” (Mujodala surasi, 14).
Maqolani internet va tibbiyot manbalari asosida
Saidabror Umarov tayyorladi
Bugun, 15 avgust kuni Chust tumanidagi “Said Nasimxon to‘ra” jome masjidida tadbirkorlarimiz homiyligida yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan bolajonlarga maktab o‘quv qurollari va sumkalar hadya qilindi.
Xayriya tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan ota-onalar va o‘quvchi yoshlar muborakbod etildi.
Tadbir so‘ngida yurtimiz ravnaqi va yoshlarimizning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun xayrli duolar qilindi.
Ravza.uz