Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Uning buyragini har ikki oyda 30 marta yuvishadi. Og‘riqdan jinni bo‘lay deydi. Alloh taolo sening buyragingni har kuni 33 marta yuvadi. Sen esa hech narsani sezmaysan. Allohning senga bergan ne’matlari haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rgin va Alhamdulillah degin!
“Hikmat durdonalari”
*****
Mazlum odamning HASBIYALLOHU VA NЕ’MAL VAKIYL degan gapining ma’nosini bilasizmi? Bu degani o‘sha mazlum “Ko‘rgan zulmlari papkasi”ni yerdan samoga yuborayotgan bo‘ladi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Muvaffaqiyatsizlik o‘tirvolib, (hech narsa qilmasdan) omad, muvaffaqiyat kelishini kutadiganlarga yetadi.
Ibrohim Faqiy
*****
Bir donishmanddan “Sizga ozor bergan kishidan nega o‘ch olmaysiz?” deb so‘radilar. Donishmand “Meni tishlagan itni men ham tishlashim hikmatdan bo‘ladimi?!” deb javob berdi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Agar osmondan vafo yomg‘ir bo‘lib yoqqanida, xoinlar soyabon ushlab olganlarini ko‘rarding.
“Hikmat durdonalari”
*****
Ba’zi ko‘zlar ko‘zyoshisiz yig‘laydi. Ba’zi qalblar shikoyatsiz og‘riydi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Sen bilan biror shaxsning aloqasi o‘zgarib qolsa, mahzun bo‘lma. Ehtimol aktyorlik qilaverish joniga tegib, asliga qaytgandir.
“Hikmat durdonalari”
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov