Bugun, 25 yanvar payshanba kuni soat 19:30 da “Alhamdulillah Rajabga yetdik, Ramazonga ham yetkaz Allohim” nomli turkum suhbatlarning navbatdagi soni onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Jaloliddin domla Hamroqulov va Toshkent shahridagi “Xolid ibn Valid” jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonov Rajab oyida qilinadigan duo va zikrlar haqida suhbat qilib beradilar, shuningdek, qorilarning go‘zal qiroatlaridan bahramand bo‘lasiz inshaalloh.
Mo‘tabar manbalarda, Rajab va Sha’bon oylari Ramazonga tayyorlanish mavsumi ekani bayon etilgan. Inson jismi va ruhini ro‘zaga tayyorlab, ibodatlar ila o‘tkazsa, Ramazondagi ro‘za unga huzur bag‘ishlaydi. Shunday ekan, azizlar, ushbu kunlarni g‘animat bilaylik. Ruhimiz va tanamizni poklab, ulug‘ oyga tayyorlanaylik, zikr va ibodatlarni ko‘paytiraylik. Rajab va Sha’bon biz uchun shunday imkoniyatlar oylaridir.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali go‘zal suhbat va chiroyli qiroatlarni jonli efirda kuzatib boring!
Youtube orqali tomosha qilish https://www.youtube.com/@Muslimuzz
Facebook orqali tomosha qilish https://www.facebook.com/muslimuzportal
Instagram orqali tomosha qilish https://www.instagram.com/muslimuzportali/
Telegram voice orqali eshitish https://t.me/muslimuzportal?voicechat
ITV orqali tomosha qilish https://itv.uz/catalog/content/12
#Yangiliklar #Haj_2025
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi “Abu Hafs Kabir” jome masjidida Haj va umraga oid darslar o‘tkazildi.
“Mir Arab” o‘rta maxsum islom ta’lim muassasasi mudiri Jaloliddin domla Saburov va Erkin domla Qudratov bu yil haj safariga ketayotgan navbatdagi guruh a’zolari va tayinlangan ellikboshilar ishtirok etdi.
Ma’ruzada haj qoidalari, ularni buzish oqibatlari, safar odoblari, musofir kishining ibodati, safarga tayyorgarlik va unda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, amaliyotga oid maslahatlarni bayon etdi.
Dars mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollarga ustozlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Alloh taolo Haj safariga otlanayotgan hamyurtlarimizning safarini xayrli qilsin, ulug‘ ibodatni bekamu-ko‘st ado etish barchamizga nasib etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati