Madina hijrati asnosida izquvarlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr roziyallohu anhuni qidirib, Makkani ostin-ustun qilib tashlashadi, hatto Savr tog'iga ham chiqishadi. Lekin ularni topa olishmaydi. Savol: dushmanlar nima uchun ularni topisholmagan?
Bu haqda uch xil rivoyat bor. Keling, ularni alohida-alohida ko'rib chiqaylik:
1) “Izquvarlar u tog'da g'or borligini bilishmagan” (Muttafaqun alayh).
Savr – katta tog'. Ammo uning tepasida Hiro g'origa o'xshash kavlangan yoki tabiiy suratda paydo bo'lgan g'or bo'lmagan. Balki “Savr g'ori” deb ataladigan joy o'sha paytda xarsang toshlarning bir-biriga suyanishi natijasida ikki-uch kishi sig'adigan g'orcha, ya'ni o'ra, kovak, g'ovak bo'lgan. G'or og'zi ham tor bo'lib, pastda joylashgan edi (“Fathul Boriy”, “Tafsiri Jalolayn”, “Tafsiri Nasafiy”, Muhammad Aliy Sobuniy, “Sofvatut tafosir”).
Demak, “Savr g'ori” izquvarlar e'tibor beradigan darajada ko'zga ko'rinarli bo'lmagan.
Abu Bakr roziyallohu anhu aytadi: “Men (Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga) g'ordaligimda, u zotga: “Agar u (izquvar)lardan birontasi oyog'i ostiga qarasa, bizni ko'rib qoladi”, dedim (u zotdan xavotirlanib). U zot: “Abu Bakr, gapirmay turing (tinchlaning). Uchinchisi (himoyachisi) Alloh bo'lgan ikki kishi haqida nima deb o'ylaysiz (ya'ni Alloh biz bilan ekan, kim ham bizga zarar etkaza oladi)?!” dedilar” (Muttafaqun alayh).
Hulosa: mazkur birinchi rivoyat sahihdir.
2) “G'or og'zida o'rgimchak uyasini ko'rib: “Agar Muhammad bu erga kirganida, o'rgimchak uyasi buzilgan bo'lardi”, deb g'or ichiga qarashmagan” (Imom Ahmad, Bazzor, Tabaroniy, Bayhaqiy, Hatib Bag'dodiy, Ibn Ishoq, Ibn Sa'd, Ibn Asokir, Imom Tabariy, Abdurazzoq San'oniy, Abu Bakr Marvaziy, Abu Nuaym Asbahoniy va Abul Qosim Asbahoniy rivoyatlari. Sanadi zaif).
Ba'zi olimlar bu “o'rgimchak” rivoyati Tavba surasining 40-oyatidagi “Va (Alloh) u zotni sizlar ko'rmagan lashkarlar bilan qo'llab-quvvatladi”, jumlasiga to'g'ri kelmaydi deb, “munkar” hukmini berishgan. Chunki oyati karimada Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ko'zga ko'rinmaydigan lashkarlar, ya'ni farishtalar bilan qo'llab-quvvatlanganlari aytilgan. Rivoyatda esa, o'rgimchak to'ri bilan deyilgan, holbuki, o'rgimchak va uning to'ri ko'zga ko'rinadigan narsalardir.
Hulosa: bu ikkinchi rivoyat ixtilofli masaladir. Jumhur ulamolar nazdida “zaif”, ba'zi olimlar nazdida “munkar”dir. Lekin Ibn Kasir va Ibn Hajar Asqaloniy “hasan” deyishgan (“Al-bidaya van-nihoya”, “Fathul Boriy”).
3) “Mushriklar g'or og'zida bir juft yovvoyi kabutar in qurib yotganini va ularning uchib ketmaganini ko'rib, izlayotgan kishilari bu erda emas, degan fikrda qaytib ketishgan”.
Bu rivoyatning sanadida Avn ibn Amr bor. Imom Buxoriy u haqda “munkarul hadis va majhul”, degan. Yahyo ibn Ma'in “ishonchli emas”, degan.
Yana sanaddagi Abu Mus'ab majhul (noma'lum shaxs)dir. Utay ibn Majdiyning hadisi munkardir. Ibn Sulaymon Masmuliy esa, yolg'onchidir («Zu'afoul Uqayliy», «Nasbur-roya li-ahadiysil Hidoya»).
Haysamiy: “Sanadida men bilmaydigan, tanimaydigan jamoa bor”, degan (“Majma'uz-zavoid”).
Ibn Kasir: “Bu rivoyat juda g'aribdir”, degan (“Al-bidaya van-nihoya”).
Hulosa: bu uchinchi rivoyat sobit emas, ishonchsiz, hujjatga yaramaydi.
Abdul Azim ZIYoUDDIN,
Imom Buxoriy nomidagi
Toshkent islom instituti
katta o'qituvchisi,
siyrat fani ustozi
Arab davlatining Bosniya va Gertsegovinadagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va hidoyat vazirligi dastlabki bosqichni o‘tkazdi. Bu Kosovo Respublikasidagi Islom shayxligi va Saudiya Arabistonining Albaniya Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda uchinchi marotaba tashkil etilgan tadbirdir.
Musobaqada Kosovo, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Bolgariya, Chexiya, Kipr, Sloveniya, Xorvatiya, Ruminiya, Serbiya, Estoniya, Belarusiya, Rossiya, Gruziya, San-Mariya va Uzbekiston kabi 22 davlatdan 2350 nafar da’vogarlar ishtirok etdi.
8-11 may kunlari Kosovo poytaxti Prishtina shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga jami 160 nafar ishtirokchi yo‘llanma oldi va ular besh toifa bo‘yicha kurash olib boradi.
quranuz