Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi

22.01.2019   4191   2 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi raisi Jasur Akramov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi.

Shuningdek uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyorat turizmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Hamidbek  Hasanov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Abdulhakim Aripov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i Rustam Jamilov ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida Haj shartnomasi imzolandi va xaj tartibotlari va jadvali buyicha O‘zbekiston hojilarini harakatlanishi yuzasidan barcha masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvdan so‘ng ikki mamlakat vakillari ishtirokida ommaviy axborot vositalari uchun Matbuot anjumani tashkil etildi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizgi uchrashuv chog‘ida haj vaziri O‘zbekiston haj ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha hech qanday e’tirozlar yo‘qligi aksincha, barcha tashkiliy ishlar o‘z vaqtida va o‘rnida hal qilinayotganligini e’tirof etdi.

 

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

04.06.2025   15717   1 min.
Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

1. Duo qilish. Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir.

Solihlardan biri aytadi: "Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil o‘tmasidan turib uni xuddi yorishgan tong kabi amalga oshganini ko‘rdim".

O‘tgan solihlar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qo‘yishar edi. Qanchadan qancha orzu-umidlar va duolar arafa kunida ijobat qilingan.


2. Ushbu duoni ko‘p qilish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.


3. Allohdan do‘zaxdan panoh so‘rash. Bu kundan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!”.


4. Takbiri tashriq aytish. Bu kunning bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.


5. Ro‘za tutish. Bu kun tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforot bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforot bo‘ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Arafa kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo sizni bu kunning fazilatlaridan to‘liq bahramand etsin.

 

Davron NURMUHAMMAD