Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Muftiy Usmonxon Alimov Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

22.01.2019   5789   1 min.
Muftiy Usmonxon Alimov Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Avvalroq, Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri doktor Solih Bentin taklifiga asosan, «Haj–2019» mavsumining  tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi raisi Jasur Akramov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 21 yanvar kuni, soat 11:00 da O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari  va delegatsiya a’zolari  Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda Haj-2019 mavsumi yuzasidan imzolanishi lozim bo‘lgan shartnoma shartlari o‘zaro muhokama qilinib, ishchi guruhining yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda shartnomaning bandlari muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur uchrashuvda tomonlar haj mavsumini namunali, tartibli va eng yuqori darajada o‘tkazish masalalarini kelishib olishdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu vaqtda dunyoviy ishlar bilan shug‘ullanish makruh

16.06.2025   1017   1 min.
Bu vaqtda dunyoviy ishlar bilan shug‘ullanish makruh

Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.

Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.

Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.

Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan