Zarafshon shahri yoshlari tomonidan yangi — «Tekin taksi» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha doirasida shahardagi qariyalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali va homilador ayollarga ko‘mak berish niyatida bozor, kasalxona hamda jome’ masjidlari yoniga bepul taksilar tashkil etilgan. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.
«Bir kunda 500 dan ortiq aholiga beminnat yordam ko‘rsatildi. Loyiha haftaning har juma kuni amalga oshiriladi», — deydi Saidov.
«Umidli yulduzlar» MCHJ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga ko‘ra, har bir taksiga bir nafardan Yoshlar ittifoqi faoli biriktiriladi.
«Shu kunlarda havo sovuq. Bunday vaqtda ko‘chada piyoda yurish nuroniylar, bolali ayollarga, bemorlarga og‘irlik qiladi. Bu loyiha biz qariyalar uchun ayni muddao. Baraka topishsin!», — deydi Rustam ota Salimov.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Umraga borgan kishi, yetti marta tavofni qilib bo‘lgach, toliqib qolib, Safo va Marva orasida sa’yni qilmay, mehmonxonaga ketib qolsa, nima qilishi lozim bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu odam mehmonxonada biroz orom olgach, haramga qaytib, sa’yni qilishi vojib bo‘ladi. Chunki Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qilish umraning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun umra qilayotgan odam tavofdan keyin sa’yni tugatmaguncha ehromdan chiqa olmaydi. Agar sa’ydan oldin sochini oldirib, ehromdan chiqqan bo‘lsa, o‘z vaqtidan oldin ehromdan chiqqani uchun, zimmasiga bir jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shu bilan birga sa’yni qilishi ham lozim bo‘ladi. Agar keksa yoki bemorligi tufayli o‘zi yurishga qiynalsa, aravada sa’y qilsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.