Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Sening birovga qizig‘ing bo‘lmasa ham, ota-onangga qizig‘ing bor.
Barcha tomoshabinlar sendan yuz o‘girsa ham, ota-onang yoningda turib, barchaning o‘rnini bosadi.
*****
Agar orzularingni ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilmasang, birov sendan o‘zining orzularini ro‘yobga chiqarishda foydalanadi.
«Tarix muhrlagan so‘zlar»
*****
Tushlaring haqiqatga aylanishini istasang, buning uchun qiladigan birinchi ishing — uyg‘onishingdir.
«Tarix muhrlagan so‘zlar»
*****
Qorong‘udan qo‘rqadigan yosh bolani kechirish mumkin. Ammo nurdan, yorug‘likdan qo‘rqadigan odamlarni kechirib bo‘lmaydi.
«Tarix muhrlagan so‘zlar»
*****
Haqiqiy do‘st – hamma sendan uzoqlashayotgan paytda sen tarafga qarab yurgan kishidir.
«Tarix muhrlagan so‘zlar»
*****
Agar faqirlik va johillikka qarshi kurashmasak, kuni kelib kambag‘allar va johillar bilan kurashishga to‘g‘ri keladi.
«Tarix muhrlagan so‘zlar»
*****
Sen har qancha solih shaxs bo‘lsang ham, odamlar senga o‘zlarining xarakterlari va hojatlaridan kelib chiqib baho berishadi.
«Tarix muhrlagan so‘zlar»
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
00:00 Anons
00:48 Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
01:11 Qur’on va tajvid markaziga tashrif
01:44 Qo‘shko‘pirdagi "Islom bobo" masjidi foydalanishga topshirildi
02:28 Xayru saxovat – qalblarga quvonch ulashadi
02:42 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar alayhissalom shaharlarida
02:58 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’rifiy suhbat
03:24 To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
04:01 Otinoyilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi
04:22 Qishki ta’til davrida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv seminari nihoyasiga yetdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati