Sayt test holatida ishlamoqda!
20 May, 2025   |   22 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:23
Quyosh
05:00
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:43
Xufton
21:14
Bismillah
20 May, 2025, 22 Zulqa`da, 1446

8 yoshli bola 8 oyda Qur’onni to‘liq yodladi

15.01.2019   3966   1 min.
8 yoshli bola 8 oyda Qur’onni to‘liq yodladi

G‘azo sektorida yashaydigan Ali Ivaz sakkiz yoshida Jabaliya shahridagi Al Amri masjidida Qur’onni yodlashdi boshlagan edi. Bu haqda International Quran News Agency xabar berdi.

Sakkiz oy avval Qur’oni karimni yod olishni boshlagan Ali boshida Qur’ondan har kuni bir betni eshitib yod olgan. U asta-sekinlik bilan yod olinadigan sahifalar sonini oshirib borgan hamda bir kunda 16 bet yod olishga muvaffaq bo‘lgan.

U har kuni Qur’oni karimning 45 betini yoddan takrorlab boradi. U G‘azo sektoridagi eng yosh hofizi Qur’onlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda

20.05.2025   1046   1 min.
Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda

Haj safariga borish, Ka’batullohni ziyorat qilish har bir mo‘min-musulmonning orzusi. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik sababli vatandoshlarimiz emin-erkin haj amallarini ado etish baxtiga muyassar bo‘lishmoqda.

19 may kuni navbatdagi ziyoratchilar Makkai mukarramaga zamonaviy avtobuslarda yetib keldi.

Hamyurtlarmizni muhtasham Soncrete al-Sahhab mehmonxonasida saudiyalik mutasaddilar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, Jidda shahridagi bosh konsul Sirojiddin Shamsuddinov va bosh konsulxona xodimlari tomonidan katta ehtirom ila kutib olindi.

Alloh taoloning mehmonlariga risoladagidek xizmat ko‘rsatish, ularga qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida barcha imkoniyatlar hozirlandi. Muborak safar mobaynida har bir tadbirlar aniq reja asosida yuksak darajada amalga oshirilmoqda. Tashkiliy-hujjat ishlari, toatu ibodatlar, istiqomat, oziq-ovqat, tibbiyot va transport xizmatlari yuqori sifatda tashkil etilgan.

Ziyoratchilar umra amalini bajarib bo‘lgach haj ibodati boshlanish sanasi, ya’ni Zulhijja oyining sakkizinchi kuniga qadar Harami sharifda toatu ibodatda bo‘ladilar.

Haq taolo hojilarning hajlarini mabrur, sa’ylarini mashkur, gunohlarini mag‘fur qilsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda
O'zbekiston yangiliklari