Joriy yilning 6 fevral' kungi zilzila Turkiyada yashovchi suriyalik tadbirkor Umar Abdulqodirning to'qimachilik biznesiga zarar keltirdi. U etkazilgan talofotni qoplash uchun sug'urta kompaniyasiga murojaat qiladi.
Kompaniyasi unga 716 000 dollar tovon puli to'lab beradi. Ammo bu mablag' u so'ragan summadan ancha ko'pligi ma'lum bo'ldi. Bu xatolikni payqagan tadbirkor ortiqcha pulni kompaniyaga qaytardi. Bu haqda IslamNews ma'lum qilgan.
“Ba'zilar menga pulni bermaslikni maslahat berishdi. Hozir bu sening puling, deyishdi. Lekin men halol bo'lmagan pulni ololmasligimni aytdim”, dedi u.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim sohasini yanada yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘quv-me’yoriy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, mavjud fanlarni, xususan ijtimoiy-gumanitar va fanlarni o‘qitish sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, o‘qituvchilar metodologiyasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Majlis davomida ta’lim muassasalari misolida amalga oshirilish lozim bo‘lgan masalalar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.