O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Movarounnahr” nashriyoti bugungi kunda yurtimiz musulmonlari e’tiboriga har yili 2 milliondan ortiq adaddagi gazeta va jurnal mahsulotlarini taqdim etib kelmoqda. Yurtimiz va jahonda yuz berayotgan xabar va yangiliklar, diniy hamda ma’rifiy mavzudagi maqolalar fuqarolarimiz tomonidan sevib mutolaa qilinmoqda.
2019 yilda “Movarounnahr” nashriyoti faoliyatini tubdan rivojlantirish, zamonaviy talablarga mos keladigan texnologiyalar asosida chop etishni ta’minlash maqsadida nashriyot tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida tender loyihasini e’lon qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining nashrlari - “Hidoyat” va “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasini 2019 yilda jahon standartlariga muvofiq, zamonaviy usulda arzon va sifatli chop etish imkoniyatiga ega bo‘lgan bosmaxonalarni hamkorlik qilishga taklif etadi.
Tender 2019 yil 10 yanvar kuni soat 10:00 da “Movarounnahr” nashriyotida o‘tkaziladi. Tenderda ishtirok etishni istagan tomonlar quyidagi telefon raqamlari bilan bog‘lanishlari talab etiladi.
Murojaat uchun telefon: +99871-227-34-30; +99871-240-08-23
Tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
1. “Hidoyat” jurnali.
Bichimi – 60x84 1/8;
Muqovasi – Mel. (150 gr), 4+4;
Hajmi – 32 bet;
Matn – ofset qog‘oz (70 gr),4+4.
Adadi – 100 000 (bir yuz ming) dona.
Chop etish muddati – 5 (besh) kun.
Eslatma: Jurnal har oyda 100 000 (bir yuz ming), bir yilda jami 1200 000 (bir million ikki yuz ming ) nusxada chop etiladi.
2. “Mo‘minalar” jurnali.
Bichimi – 60x84 1/8;
Muqovasi – Mel. (130-150 gr), 4+4;
Hajmi – 32 bet;
Matn – ofset qog‘oz (70 gr),4+4.
Adadi – 50 000 (ellik ming) dona.
Chop etish muddati – 5 (besh) kun.
Eslatma: Jurnal har chorakda 50 000 (ellik ming), bir yilda jami 200 000 (ikki yuz ming ) nusxada chop etiladi.
3. “Islom nuri” gazetasi
Bichimi – 60x84 1/8;
Hajmi – 16 bet;
Matn – 4+4, ofset qog‘oz (65-70 gr,);
Adadi – 40 000 (qirq ming) dona.
Chop etish muddati – 3 (uch) kun.
Eslatma: Gazeta har oyda 2 marta 40 000 (qirq ming), bir yilda jami 960 000 (to‘qqiz yuz oltmish ming ) nusxada chop etiladi.
O‘tgan 2024 yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariyatining Qatar davlatining O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida xayriya yo‘nalishidagi bir qancha masalalar yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Xususan, Qatar davlatining favqulodda va muxtor elchisi kam ta’minlangan oilalarga yordam ajratish, imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun kasb va bilimga o‘rgatish kurslarini tashkil etish, zaruriy jihoz-uskunalar (eshitish moslamalari, nogironlik aravachalari, qo‘ltiqtayoq va protez ortopediya-mahsulotlari) bilan ta’minlash kabi bir qancha yo‘nalishlar doirasida fond bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan edi.
Kecha ana shu muzokaralar natijasi o‘laroq, Qatar davlati mablag‘lari hisobiga xarid qilingan yuzdan oshiq nogironlik aravachalari va 80 ga yaqin qo‘ltiqtayoqlar “Vaqf” xayriya jamoat fondiga olib kelindi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi doirasida keltirilgan mazkur jihozlarni topshirish jarayonida Qatar davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Fahad Ali al-Hammadiy ishtirok etib, fond bilan hamkorlikdan minnatdor ekanligini, o‘zgalar parvarishiga muhtoj insonlarga oz bo‘lsada yordam berayotganidan xursandligini bildirdi.
O‘z navbatida “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Isoxon Abdullayev Qatar elchixonasi vakiliga minnatdorlik bildirib, bu hamkorlik har ikki tomon uchun ham xayrli bo‘layotganini, bu jihozlardan ko‘plab insonlarning mushkuli oson bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zaro muloqot davomida ikki tomon ham bu kabi xayrli tashabbuslarni yanada ko‘paytirishni maqsad qilishdi.