Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

O‘zbekistonda “Piligrim visa” joriy etildi

7.01.2019   2832   1 min.
O‘zbekistonda “Piligrim visa” joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga (https://t.me/huquqiyaxborot/4017)muvofiq, O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizalari toifalarini berish belgilangan. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Shunga ko‘ra, quyidagi yangi viza turlari joriy qilinadi:

“Vatandosh” – asli o‘zbekistonlik bo‘lgan kishilar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston fuqarosi hisoblangan qarindoshlari tomonidan taklif etilgan hollarda beriluvchi ikki yillik viza;

“Student visa” – O‘zbekistonda joylashgan ta’lim muassasalarida tahlis olayotgan chet ellik talabalarga beriladigan bir yillik viza. Ushbu viza respublikadagi ta’lim vazirliklari, idoralari va tashkilotlari murojaatiga asosan rasmiylashtiriladi;

“Academic visa” – O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan chet elliklar uchun 3 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari murojaatiga ko‘ra beriladi;

“Medical visa” – O‘zbekistonga davolash-profilaktika muassasalari taklifiga asosan tashrif buyuruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun 3 oygacha bo‘lgan muddatga beriladigan viza.

“Piligrim visa” – ziyorat vizasi bo‘lib, ushbu viza sayyohlik faoliyati subyektlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita so‘roviga ko‘ra chet ellik fuqarolarga O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy merosi va an’analarini o‘rganish uchun 2 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   18   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar