Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Yanvar, 2025   |   2 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:32
Asr
15:23
Shom
17:08
Xufton
18:27
Bismillah
01 Yanvar, 2025, 2 Rajab, 1446

Diqqat tanlov: “Movarounnahr” nashriyoti yangi logotip uchun tanlov e’lon qiladi!

5.01.2019   3170   1 min.
Diqqat tanlov: “Movarounnahr” nashriyoti yangi logotip uchun tanlov e’lon qiladi!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Movarounnahr” nashriyotiga yangi logotip yasash bo‘yicha professional reklama kompaniyalari, agentliklar va jismoniy shaxslar o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.↓

Tanlovga ijodiy ish  yuborish tartibi:

  1. O‘zingiz yasagan logotip loyihasining nashriyot yo‘nalishiga va diniy mazmunga mos bo‘lishiga e’tibor qarating.
  2. Logotip loyihasi joylangan fayl hamda sizga bog‘lanish ma’lumotlarini m-nashr@mail.ru   yoki quyidagi manzilga jo‘nating: O‘zbekiston Respublikasi, 100002, Toshkent shahri, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47 a-uy. Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 227-34-30.

Ijodiy ishlarni o‘rganish mezonlari:

Tanlovga yuborilgan logotip loyihalarini “Movarounnahr” nashriyoti tarkibida tuzilgan hay’at quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:

– nashriyot yo‘nalishi, diniy adabiyotlar mazmunini aks ettirishi;

–“Movarounnahr” nashriyoti nomi tasvirlanishi;

– logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;

– logotip bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulotlar va korporativ sovg‘alarga moslashuvchan ko‘rinishda bo‘lishi;

Hay’at eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va internet foydalanuvchilari orasida ochiq ovozga qo‘yadi. G‘olib ovozga qo‘yish natijalari hamda tanlov hay’atining yakuniy xulosasi asosida aniqlanib, uning nomi nashrlarimizda va nashriyot saytida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibi “Movarounnahr” nashriyotining qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlanadi!

Tanlov natijasi 2019 yil yanvar oyi oxirlarida e’lon qilinadi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yahudiy va Avf ibn Molik qissasi

26.12.2024   7495   4 min.
Yahudiy va Avf ibn Molik qissasi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Imom Bayhaqiy, Abu Ubayd va Ibn Asokirlar Suvayd ibn G‘afla roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Umar roziyallohu anhu Shomga kelganida ahli kitoblardan biri: «Ey mo‘minlarning amiri! Mo‘minlardan biri meni o‘zing ko‘rib turgan holga soldi», dedi. U kaltaklangan, boshi yorilgan holda edi. Umar roziyallohu anhu qattiq g‘azablandi va Suhayb roziyallohu anhuga:

«Bor, qara-chi, buning sohibi kim ekan?» dedi.

Suhayb roziyallohu anhu borib qarasa, u Avf ibn Molik roziyallohu anhu ekan.

Suhayb unga: «Mo‘minlarning amiri sendan qattiq g‘azablandi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning oldiga bor, u zot bilan gaplashsin. Umar shoshilib, seni bir narsa qilib qo‘yadimi, degan xavfdaman», dedi.

Umar roziyallohu anhu namozni o‘qib bo‘lib:

«Suhayb qani?! U odamni keltirdingmi?!» dedi.

«Ha», dedi Suhayb.

Avf Muozning oldiga borib, bo‘lgan voqeani aytib bergan edi, bas, Muoz o‘rnidan turib:

«Ey mo‘minlarning amiri! U Avf ibn Molik ekan. Uning gapini eshitib ko‘ring. Shoshilib, uni bir narsa qilib qo‘ymang», dedi. Umar unga:

«Sening bu bilan nima ishing bor?!» dedi.

«Ey mo‘minlarning amiri, qarasam, bu bir muslima ayolning eshagini yetaklab ketayotgan ekan. Eshak sakrab, ayolni yiqitib yuboray debdi. Lekin ayol yiqilmabdi. Manavi bo‘lsa, uni turtib yiqitib, o‘zini ayolning ustiga otdi», dedi Avf.

Umar unga: «Menga ayolni olib kel, aytganingni tasdiqlasin», dedi.

Avf ayolning oldiga bordi. Ayolning otasi bilan eri: «Nima qilib qo‘yding?! Bizning sohibamizni sharmanda qilding-ku!» dedilar.

Biroq ayol: «Allohga qasamki, u bilan boraman!» dedi.

Otasi bilan eri: «Biz borib, sening nomingdan gapiramiz», dedilar va Umar roziyallohu anhuning huzuriga kelib, Avf aytgan gaplarga o‘xshash gap aytdilar.

Bas, Umar amr qildi. Yahudiy osildi.

So‘ngra Umar: «Biz sizlar bilan bunga sulh qilganimiz yo‘q. Ey odamlar! Muhammadning zimmasi haqida Allohdan qo‘rqinglar! Ulardan kim bu ishni qilsa, unga zimma yo‘q!» dedi.

Suvayd: «O‘sha men ko‘rgan yahudiy Islomda birinchi osilgan odam edi», dedi».

Bu hodisada Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning siyosat yoki tashviqot uchun emas, balki adolat uchun ish olib borishlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mazkur yahudiy qilar ishni qilib qo‘yib, makkorligini ishga solgan edi. U: «Musulmonlarning xalifasi kelib turibdi, hozir siyosat nozik paytda unga arz qilsam, siyosat uchun mening tarafimni oladi», deb o‘ylagan edi.

Darhaqiqat, ish avvaliga, sirtdan qaraganda yahudiy o‘ylaganicha boshlandi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu katta sahobiy Avf ibn Molik roziyallohu anhuning obro‘siga e’tibor qilmay, ishning haqiqatini surishtira boshladilar. U kishidan boshqa odam bo‘lganida bir yahudiyni deb, o‘zimizning obro‘li odamni xijolat qilmaylik, degan mulohazaga borishi mumkin edi. Ammo hazrati Umar roziyallohu anhuning tabiatlarida va u kishi ko‘rgan tarbiyada bunday mulohaza bo‘lishi mumkin emas edi.

U kishidan boshqa odam bo‘lganida siyosat uchun, nohaqdan bo‘lsa ham ularning yonini olishi mumkin edi. Ammo hazrati Umar roziyallohu anhu bunday qilishlari mumkin emas edi. U kishi ayb­dor kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning aybiga yarasha jazosini berish tarbiyasini olganlar. Va shunday qildilar ham.

«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi