Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Movarounnahr” nashriyotiga yangi logotip yasash bo‘yicha professional reklama kompaniyalari, agentliklar va jismoniy shaxslar o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.↓
Tanlovga ijodiy ish yuborish tartibi:
Ijodiy ishlarni o‘rganish mezonlari:
Tanlovga yuborilgan logotip loyihalarini “Movarounnahr” nashriyoti tarkibida tuzilgan hay’at quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:
– nashriyot yo‘nalishi, diniy adabiyotlar mazmunini aks ettirishi;
–“Movarounnahr” nashriyoti nomi tasvirlanishi;
– logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;
– logotip bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulotlar va korporativ sovg‘alarga moslashuvchan ko‘rinishda bo‘lishi;
Hay’at eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va internet foydalanuvchilari orasida ochiq ovozga qo‘yadi. G‘olib ovozga qo‘yish natijalari hamda tanlov hay’atining yakuniy xulosasi asosida aniqlanib, uning nomi nashrlarimizda va nashriyot saytida e’lon qilinadi.
Tanlov g‘olibi “Movarounnahr” nashriyotining qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlanadi!
Tanlov natijasi 2019 yil yanvar oyi oxirlarida e’lon qilinadi.
Kecha, 24 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov raisligida Zangiota tumanidagi «Eshonguzar» jome masjidida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘MI Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, bosh imom o‘rinbosarlari, Zangiota tumanidagi masjidlar imomlari, hududlardagi hoji otalar, hoji onalar ishtirok etdi.
Yig‘ilishdan so‘ng tumandagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalarga kirilib, ularga zarur ko‘maklar ko‘rsatildi.
Shuningdek, arzimas sabablar bilan nizolashgan oilalar, kelin-kuyovlar kayvoni hoji otanlar, hoji onalar ko‘magida yarashtirildi.
Tumandagi 21 ta masjid imom-xatiblari hojilar bilan birga bilib-bilmay aqidasi buzuq kimsalar tuzog‘iga tushib qolgan yoshlar bilan ham suhbatlar olib borishdi. Ularga Imom Moturidiy rahimahullohning ta’limoti tushuntirildi.
Bir kunning o‘zida o‘nlab oilalarga kirib, ko‘ngli o‘ksiklar holidan xabar olish, yosh oilalarni yarashtirish, adashgan insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish – savobi ulug‘ amal. Zero, hadisi sharifda Nabiyyi muhtaram alayhissalom: «Kim bir mo‘mindan bu dunyo mashaqqatlaridan bir mashaqqatni ketkazsa, Alloh taolo undan Qiyomat kuni mashaqqatlaridan birini ketkizadi. Kim bir kambag‘alning ishini yengillatsa, Alloh uning bu dunyoyu oxiratidan ishlarini yengillatadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh taolo uning aybini bu dunyoyu oxiratda berkitadi. Modomiki banda o‘z birodarining yordamida ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘ladi», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati