Joriy yilning 5 yanvar kuni Tataristonning Ribno-Slobod tumanidagi Katta Yelga qishlog‘ida qadimiy masjidni qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu masjid 1879 yilda qurilgan.
«Tatar-inform» axborot agentligining xabar berishicha, ushbu masjidni qayta tiklash ta’mirlash ishlari mashhur arxitektor Aleksandr Popov tomonidan amalga oshiriladi. Qadimiy masjid yirik zal shaklida Qozon guberniyasi qaroriga asosan qurilgani va uning minorasi masjid markazida joylashgani aytilgan.
Bugun, 5 yanvar kuni qayta ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval yig‘ilish tashkil etilib, unda Tatariston muftiysi Komil Samigullinning ishtirok etishi qayd etilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati