Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

Shariatga muvofiq jonliq so‘yishning hukmi

4.01.2019   5172   11 min.
Shariatga muvofiq jonliq so‘yishning hukmi

Go‘shti halol bo‘lishi uchun jonivor shari’atga muvofiq so‘yilishi lozim.

(Shar’atga muvofiq) So‘yilmagan jonliq haromdir.[1] Alloh taoloning quyidagi so‘ziga binoan:

حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ وَالدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّهِ بِهِ وَالْمُنْخَنِقَةُ وَالْمَوْقُوذَةُ وَالْمُتَرَدِّيَةُ وَالنَّطِيحَةُ وَمَا أَكَلَ السَّبُعُ إِلَّا مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَنْ تَسْتَقْسِمُوا بِالْأَزْلَامِ ذَلِكُمْ فِسْقٌ

O‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zganing nomi aytib so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan va yirtqich hayvon (qisman) yegan (hayvonlar) sizlarga harom qilindi, illo (shar’an) so‘yganingiz (haloldir)*. Yana, but-sanamlarga atab so‘yilgan hayvonlar (go‘shti) va fol cho‘plaridan qismatingizni istashingiz (ham harom qilindi). Bu ishingiz fosiqlikdir.[2]

 *Ya’ni oxirgi besh holatdagi hayvonlarning joni chiqmay turib, tipirchilab turgan paytida topib, “bismilloh”ni aytib so‘yishga ulgursangiz ularning go‘shti halol hisoblanadi (Md.).

Halqumi va bo‘yni o‘rtasidan so‘yilishi lozim.[3] Demak go‘shti halol bo‘lishi uchun qassob musulmon bo‘ladimi yoki ahli kitobmi chorva hayvonini shariatga muvofiq holda, ya’ni halqumi va bo‘yni o‘rtasidan so‘yishi lozim. Yuqorida o‘tgan oyati karimaga binoan bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, boshqa hayvon suzib o‘ldirgan va yirtqich hayvonlar ba’zisini yeb ketgan hayvonlar harom hisoblanadi. Ulamolarimiz elektor toki yordamida yoki boshqa vositalar bilan o‘ldirilgan hayvonlarning ham hukmi yuqoridagilar bilan bir hil deydilar. Faqatgina bu hayvonlarni harom o‘lib qolmasdan avval so‘yishga ulgirilsa go‘shti halol bo‘ladi. Ya’ni so‘yilayotgan boshqa hayvonlar kabi tipirchilasa va ularda  hayot alomati bo‘lib, tasmiya aytib so‘yilsagina halol bo‘ladi. Agar aksincha bo‘lsa, ya’ni so‘yilayotganda hayot alomati bo‘lmasa go‘shti o‘limtik go‘shti bilan bir xil hukmda bo‘ladi.

Bundan tashqari go‘sht halol bo‘lishi uchun so‘yayotgan qassobning ham shartlari bor. Qassobning sharti:

Musulmon yoki ahli kitob (yahudiy yo nasroniy) bo‘lishi shart. Garchi ayol, jinni, aqli bor yosh bola, xatna qilinmagan kishi, yoki  saqov bo‘lsa ham.[4] Demak qassob musulmon bo‘lishi lozim. Bunga dalil Alloh Taoloning: إِلَّا مَا ذَكَّيْتُمْ. illo (shar’an) so‘yganingiz (haloldir). (Moida surasi 3-oyat) Oyatdagi so‘yganinggiz kalimasidan murod musulmonlar so‘ygan degani.   Yoki ahli kitobning ham so‘ygani musulmonga halol Alloh Taoloning: وَطَعَامُ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ حِلٌّ لَكُمْ  Ahli Kitoblarning taomi sizlar uchun halol. (Moida surasi 5-oyat) Oyatdagi taomdan murod so‘ygan narsalari. Chunki boshqa taomlarlarning halolligi millatga bog‘liq emas[5]. So‘ygan narsasi halol bo‘lishi uchun qassob musulmon yoki ahli kitob bo‘lishi lozim. Ahli kitob bo‘lmagan g‘ayri dinlarni so‘ygani halol emas.

Kitobsiz ham, murtad ham bo‘lmasligi lozim[6]. Ya’ni ahli kitobdan boshqa, Majusiy yoki butparast bo‘lmasligi lozim. Imom Abdurrazzoq va ibn Abu Shayba hazrati Aliy roziyollohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu  alayhi vasallam majusiylar haqida: “Ulardan kim musulmon bo‘lsa, Islomi qabul qilinadi. Musulmon bo‘lmaganiga jizya solinadi, faqat ayollari nikohlanmaydi va so‘yganlari yeyilmaydi” deganlar. Tavhidda emasligida butparastlar ham majusiylar bilan bir xil. Shuningdek murdadning hukmi ular bilan bir. Chunki uning dini yo‘q.

Bundan tashqari qassob musulmon bo‘ladimi yoki ahli kitobmi, Tasmiyani (Allohning ismini zikr qilishni) qasddan tark qilmagan bo‘lishi lozim.[7] Imom Shofi’iiy rahmatullohi alayhning mazhablarida esa tasmiyani tark qilganning so‘yganini yeyish halol, chunki tasmiya imom Shofi’iyning mazhablarida sunnat hisoblanadi. Dalillari: Imom Duruqutniy Marvon ibn Solimdan, u Avzoiydan, u Yahyo ibn Abu Kasirdan, U Abu Salamadan, u Abu Hurayra roziyollohu anhudan rivoyat qiladi: Bir kishi Nabiy sollallohu  alayhi vasallamdan, so‘yayotib Allohning ismini zikr qilishni unutgan kishi haqida so‘radi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Allohning ismi har bir musulmondadir”, boshqa lafzda “Allohning ismi har bir musulmonning og‘zidadir”. Dedilar. Bizning mazhabimiz olimlari bu  hadisni zaif deyishadi. Chunki hadis roviylaridan bo‘lgan Marvon ibn Solimni imom Duruqutniy, ibn Qatton, ibn Adiy, imom Ahmad va imom Nasaiylar zaif deganlar. Boshqa dalillari imom Abu Dovud Marosillarida Abdulloh ibn Dovuddan, u Savr ibn Yaziddan, u as-Soltdan rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu  alayhi vasallamdan: “Allohning ismini zikr qilsa ham, zikr qilmasa ham Musulmonning so‘ygani haloldir” dedilar. Ibn Qatton: “Bu hadisda mursallik bor. Chunki as-Solt Sadusiyning holati ma’lum emas. U bundan boshqa hadis bilan tanilmagan va undan Savr ibn Yaziddan boshqa hech kim hadis rivoyat qilmagan[8]”. degan.

Qolgan uch mazhab, Molikiylar, Hanbaliylar va Hanafiylar, agar qassob tasmiyani esidan chiqarib aytmasa, so‘ygani halol bo‘ladi, ammo qasddan tark qilsa halol bo‘lmaydi deydilar.

Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi:  

وَلَا تَأْكُلُوا مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللَّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَائِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ

Allohning nomi aytilmagan narsalardan yemangiz! Zero, u fosiqlikdir. Shaytonlar esa, o‘z do‘stlari (mushriklar)ni sizlar bilan bahslashishlari uchun vasvasa qilurlar*. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar (ham) mushriklarsiz.[9] (An’om surasi121 oyat)

*  Ikrima (rz.)ning aytishicha, o‘limtikning haromligi to‘g‘risidagi oyat nozil bo‘lganda fors majusiylari Quraysh mushriklariga xat yozib, unda: “Muhammadning oldiga borib, sen o‘ldirgan hayvon go‘shti halolu, Alloh o‘ldirgan hayvon go‘shti harommi, deb bahslashingiz”, – deb tayinlaydilar. Shundan keyin Alloh taolo ushbu oyatni nozil qilib, u orqali ularni shaytonlarga, takliflarini esa shaytonning vasvasasiga o‘xshatib musulmonlarni ogohlantiradi (Xz.).

Ya’ni unga Allohning ismi zikr qilinmagan narsa harom bo‘ladi chunki oyatdagi fosiqlik, toatdan chiqish. Va albatta oyatda Allohni ismi zikr qilinmagan narsani yeyishdan mutloq qaytarilishi haromlikni taqozo qiladi. Bundan tashqari kutubu sitta sohiblari Adiy ibn Hotamdan rivoyat qilishadi: Men: “Ey Allohning Rosuli, albatta men itimni ov uchun qo‘yib yuboraman va u bilan boshqa itni ham topaman. Qaysisi ovni tutganini bilmay qolaman” dedim. Payg‘ambar sollallohu  alayhi vasallamdan: “Uni yemagin, albatta sen o‘zingni itingga tasmiya aytgansan, boshqa itga tasmiya aytmagansan” dedilar.  Bu hadisni bizga dalil bo‘lishi Payg‘ambar sollallohu  alayhi vasallam tasmiyani qasddan tark qilinishini haromlikga sabab qilib keltirdilar[10].

Agar tasmiyani esidan chiqarib tark qilsa so‘ygani halol bo‘ladi.[11] Ya’ni qassob tasmiyani qasddan emas, baki esidan chiqargani uchun tark qilsa so‘ygani halol bo‘ladi. Chunki unutgani uchun tasmiya aytmagan odamni so‘yganini harom qilishlikda juda ham katta mashaqqat bor. Sababi inson unutishdan juda oz holatdagina xoliy bo‘la oladi. Agar bu e’tiborga olinsa, tanglik bo‘lib qoladi. Payg‘ambarimiz sollallohu  alayhi vasallam jonliqqa tasmiya aytishni unitgan kishi haqida so‘ralganlarida: “Allohning ismi har bir musulmonning tilidadir” deb javob berganlar. Chunki esidan chiqargan kishi hadisga binoan unutgan narsasiga xitob qilinmagandir. Payg‘ambar sollallohu  alayhi vasallamning quyidagi so‘zlariga ko‘ra gunoh undan ko‘tarilgan: Bu ummatdan uchta holatda gunoh ko‘tarildi: xato qilganda, esdan chiqarganda va majburlanganda (Ibn Adiy al-kamil kitoblarida rivoyat qilgan).  Shunday ekan u so‘yayotgan paytida zimmasidagi farzni tark qilmagan hisoblanadi. Ammo qasddan tasmiyani tark qilgan unday emas, uning so‘ygani halol bo‘lmaydi.[12]

 

Shayxontohur tumani “Islom nuri” jome  masjidi imom xatibi,

Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi A. Sobirov.

 

[1] Imom, faqih, muhaddis Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton al Hiroviy Al Qoriy. Fathu babil-i’naya. 3- juz, Kitabu-zaboih 54-bet. Bayrut.  Darul Arqam ibn Abul Arqam.  

[2] Moida surasi 3-oyat.Shayx Abdulaziz Mansur.  Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. 2009-yil Toshkent. TIU nashriyoti.

[3] Imom, faqih, muhaddis Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton al Hiroviy Al Qoriy. Fathu babil-i’naya. 3- juz, Kitabu-zaboih 54-bet. Bayrut.  Darul Arqam ibn Abul Arqam.

[4] Imom, faqih, muhaddis Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton al Hiroviy Al Qoriy. Fathu babil-i’naya. 3- juz, Kitabu-zaboih 59-bet. Bayrut.  Darul Arqam ibn Abul Arqam.

[5] Imom Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy. Madoriku-tanzil va haqoiqut-ta’vil (Tafsirun-nasafiy). Moida surasi 5-oyat 273-bet. Bayrut.  Darul ma’rifa.  

[6] Imom, faqih, muhaddis Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton al Hiroviy Al Qoriy. Fathu babil-i’naya. 3- juz, Kitabu-zaboih 59-bet. Bayrut.  Darul Arqam ibn Abul Arqam.

[7] Imom, faqih, muhaddis Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton al Hiroviy Al Qoriy. Fathu babil-i’naya. 3- juz, Kitabu-zaboih 60-bet. Bayrut.  Darul Arqam ibn Abul Arqam.

[8] Imom, faqih, muhaddis Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton al Hiroviy Al Qoriy. Fathu babil-i’naya. 3- juz, Kitabu-zaboih 61-bet. Bayrut.  Darul Arqam ibn Abul Arqam.

[9] An’om surasi 121-oyat.Shayx Abdulaziz Mansur.  Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. 2009-yil Toshkent. TIU nashriyoti.

 

[10] Imom, faqih, muhaddis Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton al Hiroviy Al Qoriy. Fathu babil-i’naya. 3- juz, Kitabu-zaboih 61-bet. Bayrut.  Darul Arqam ibn Abul Arqam.

[11] Imom, faqih, muhaddis Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton al Hiroviy Al Qoriy. Fathu babil-i’naya. 3- juz, Kitabu-zaboih 61-bet. Bayrut.  Darul Arqam ibn Abul Arqam.

[12] Imom Abdullloh ibn Mahmud ibn Mavdud al-Mavsoliy al-Hanafiy. Al-ixtiyor lita’lilil-muxtor. 5- juz, Kitabu-zaboih 11-bet. Bayrut.  Darul kutubul i’lmiyya 1998y.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

«Buyuk» geografik kashfiyotlar

23.12.2024   1149   6 min.
«Buyuk» geografik kashfiyotlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Bu kashfiyotlarga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar uchta asosiy banddan iborat:

1. Yevropa mamlakatlari Sharq bilan savdo-sotiq qilishda duch kelgan qiyinchiliklar.

2. Pul metali sifatida oltin tanqisligi.

Yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti tobora ko‘proq pul talab qilar edi. Bu taraqqiyotning asosiy yo‘nalishi tovar xo‘jaligining, savdo-sotiqning o‘sishi edi. Buyuk geografik kashfiyotlarga sabab bo‘lgan yana bir muhim omil ham shunga bog‘liq: Yevropada shakllanib borayotgan kuchli absolyutist (mutlaq) monarxiyalarga dabdabali saroylar, yollangan armiyani ta’minlash uchun ulkan mablag‘lar kerak bo‘layotgan edi. Ana shu davlatlar yirik dengiz ekspeditsiyalarini tashkil etishi mumkin edi. Bundan tashqari, yakka shaxslarning bu qadar xarajatlarga imkoni yo‘q edi. Shuning uchun bu kashfiyotlarda feodal tarqoq mamlakatlar emas, aynan markazlashgan davlatlar (Ispaniya, Portugaliya, Angliya) asosiy o‘rin tutgani tasodif emas. Biroq, bunday ekspeditsiyalar uchun savdogarlar ham mablag‘ ajratar edi. Shuningdek, katolik cherkovi ham qo‘shimcha yerlar, katta daromadlar va yangi qavmlarga ega bo‘lish istagida bunday istilolarga «oq fotiha» berar edi.

Bunday davr uchun muqarrar bo‘lgan feodal mulklarning parchalanish jarayoni Yevropa mamlakatlarida har qanday yo‘l bilan uzoq qit’alarda boylik va yerlarni qo‘lga kiritishga intiluvchi ko‘plab avantyuristlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bular qaramlik va qashshoqlikdan qutulishni orzu qilib yurgan zodagonlar va dehqonlar edi.

3. Fan-texnikaning, ayniqsa kemasozlik va dengiz navigatsiyasining rivojlanishi. XV asrda yangicha tuzilishga ega bo‘lgan kemalar – karavellalar paydo bo‘ldi. Uning to‘shi (kil, pushtak) bor bo‘lib, yelkanlar bilan shunday jihozlangan ediki, yonboshdan esgan shamolda ham yura olara edi. Shuningdek, o‘sha davrga kelib kompasdan tashqari astrolyabiyalar, ya’ni kenglikni aniqlovchi asboblar hamda anchagina ishonchli xaritalar – portolanlar ham paydo bo‘lgan.

Buyuk geografik kashfiyotlar oxir-oqibatda mustamlaka tizimining vujudga kelishiga olib keldi. Agar XVI asrda Yevropada kapitalizm rivojlana boshlagan bo‘lsa, agar Yerovpa iqtisodiy jihatdan boshqa qit’alarning xalqlaridan o‘zib ketgan bo‘lsa, bunga mustamlakalarning talon-taroj qilinishi va ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi ham sabab bo‘lgan.

Mustamlakalar darhol kapitalistik usullar bilan ekspluatatsiya qilina boshlamagan, ular darhol xom ashyo manbaiga va yangi bozorlarga aylanmagan. Avval ular obdon talon-taroj qilingan, birlamchi kapital (sarmoya) to‘plash manbai bo‘lib xizmat qilgan. Ispaniya va Portugaliya mustamlakalarni feodal usullar bilan ekspluatatsiya qilgan birinchi mustamlakachi davlatlar bo‘lishgan.

Bu yerlarda zodagonlarga odatdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari emas, balki oltin, kumush yoki hech bo‘lmaganda Yevropada qimmat baholarga sotish mumkin bo‘lgan anvoyi mevalar kerak edi. Ular hindularni oltin va kumush konlarda ishlashga majburlashar, bo‘ysunmaganlarni butun-butun qishloqlari bilan yo‘q qilib yuborishar edi. Guvohlarning aytishicha, konlar atrofida chirib yotgan yuzlab murdalarning badbo‘y hidi anqib yotar edi. Shakarqamish va qahva plantatsiyalarida ham yerlik aholi ana shunday usullarda ekspluatatsiya qilinar edi.

Yerlik aholi bunday og‘ir mehnatga bardosh bera olmay, yoppasiga qirilib bitar edi. Ispanlar Espanola (Gaiti) orolida ilk bor paydo bo‘lgan paytda u yerda millionga yaqin aholi yashar edi, biroq XVI asrning o‘rtalariga kelib ular bitta qo‘ymay qirib tashlandi. Ispanlarning o‘zi ham XVI asrning birinchi yarmida amerikalik hindularni qirib tashladik, deb hisoblashar edi.

Biroq, ispanlar ishchi kuchini yo‘q qilib, o‘z mustamlakasining xo‘jalik asosiga putur yetkazishdi. Yetishmayotgan ishchi kuchini to‘ldirish maqsadida Amerikaga afrikalik qoratanlilarni olib kelishga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, mustamlakalar paydo bo‘lishi bilan quldorlik qayta tiklandi.

Ispanlar tomonidan Amerika yerlarining mustamlaka qilinishi konlarga, shakarqamish va tamaki plantatsiyalariga haydab kelingan son-sanoqsiz yerlik aholini majburlab ishlatish yo‘li bilan, bo‘ysunmaganlarni ommaviy qirg‘in qilish yo‘li bilan amalga oshirildi (Yamayka orolida XVI asrning birinchi yarmida 50 mingdan ortiq yerlik aholi halok bo‘lgan, Peru va Chilida esa XVI asrning ikkinchi yarmida hindularning soni besh baravar kamayib ketgan), oqibatda bir necha o‘n yildan so‘ng ishchi kuchi keskin kamayib ketdi. Mustamlakachilar Afrikadan qullar olib kela boshlashdi. Jismonan chidamliroq bo‘lgan qoratanlik afrikaliklar ispan mustamlakalaridagi asosiy ishchi kuchiga aylandi.

Qul savdosi serdaromad ish chiqib qoldi: Afrikada qabila boshliqlarini ichirib, suv tekin taqinchoqlar bilan aldab, qullarni juda arzonga sotib olish va Amerikada ularni 20-30 baravar qimmatga sotish mumkin edi. Ba’zan qullar umuman sotib olinmas, balki ularni kuch ishlatib, tutib olib, kemaga yuklashar va Amerikaga olib ketishar edi. Ispan mustamlakalariga har yili 6-8 ming qoratanli qullar olib kelinar edi. (Manba: allbest.ru).

(Bu ishlarning barchasi Yevropa uyg‘onishining gumanizm – insonparvarlik shiori ostida amalga oshirilganmi?)

Yevropada dinga bo‘lgan munosabatda ham keyinroq o‘zgarish yuz berdi. Bir guruh dinsiz bo‘lib ketdi. Bir guruh dinni cherkovga qamab olib, bu har kimsaning o‘z ishi deyish bilan kifoyalandi. Ammo Darvinning asl shogirdlari dinni Karl Marks boshchiligida xalq uchun afyun deb e’lon qildilar va uni batamom yo‘q qilib yuborishga bel bog‘ladilar.  Karl Marksning xayolini Lenin va uning safdoshlari Rossiyada va unga qaram bo‘lgan diyorlarda hayotga tatbiq qildilar. Lenin tuzgan davlat dunyo tarixida kufrni o‘ziga shior qilib olgan birinchi davlat bo‘ldi. Ular dunyoning o‘zlariga qaram bo‘lgan barcha yurtlarida «ilmiy ateizm» asosida dinga va dindorlarga qarshi qatag‘on o‘tkazdilar. Son-sanoqsiz ibodatxonalar yer bilan yakson qilindi. Diniy xodimlar va ulamolar qatl qilindi, qamaldi va surgun qilindi. Diniy kitoblar va dinga bog‘liq madaniyat durdonalarni olovga yoqildi. Ilmiy ateizm ta’limotlari dunyodagi yagona to‘g‘ri e’tiqod sifatida barchaga majburiy ravishda talqin qilindi. 

«Olam va odam, din va ilm» kitobi asosida tayyorlandi

Maqolalar